Ona tili o'qitish metodikasi - pedagogik fan Reja: Ona tili o'qitish metodikasi - pedagogik fan Ona tili o'qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari Ona tili o'qitish metodikasining tamoyillari Ona tili o'qitish metodikasining tekshirish metodlari Ona tili - boshlang'ich sinflarda o'quv predmeti. Ona tili o'qitish metodikasi - pedagogik va amaliy fan. Chunki u nazariyaga asoslanib o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash, o'stirishning amaliy vazifalarini bajaradi. Ona tili o'qitish metodikasining predmeti ta'lim berish jarayonida ona tilini egallash, yani nutqni, o'qish va yozishni, fonetika, grammatika kabilarni bilib olish jarayoni hisoblanadi. Ona tilidan ko'nikma va malakalarni shakllantirish, til haqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o'zlashtirish qonuniyatlarini o'rganadi, til o'rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi . Ona tili o'qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazafani bajaradi: 1. Nimani o'qitish kerak? savoliga javob beradi, yani boshlang'ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi darslik va o'quv qo'llanmalarini yaratib beradi. Ularning samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi. 2. qanday o'qitish kerak? savoliga ta'lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo'llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi. 3. Nega xuddi mana shunday o'qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarini o'rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi. Ona tili o'qish metodikasi taimning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffqkiti va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi. Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora -tadbirlarini belgilaydi. Ona tili ta'lim tizimining barcha bosqichlirida o'rgatiladi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalarning nutqini o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi. Ona tili o'qitish metodikasi fani to'rt bo'limni o'z ichiga oladi: 1. Savod o'rgatish metodikasi, yani elementar o'qish va yozishga o'rgatish. Bolalarga savod o'rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo'yilgan masalalardandir. Chunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil O'zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo'lishiga alohida etibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo'ygan bolalarga barcha o'quv qurollariniig sovg'a qilinishi prezident I.Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo'lib etishishlari uchun g'amxo'rligining bir namunasidir. 2. O'qish metodikasi. Boshlang'ich sinflarda o'qish predmetining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me'yorida), to'g'ri, ongli va ifodali o'qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi. 3. Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo'lim elementar to'g'ri yozuvga va husnixatga o'rgatish yani, grammatik tushunchalarni, boshlang'ich imlo malakasini shakllantirishni o'z ichiga oladi. 4. O'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish metodikasi. Bu bo'lim boshlang'ich sinflarda alohida o'rin ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.05 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.05 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: doc