Ona tili ta'limining umumiy masalalari. O'zbek tili o'qitish metodikasi fanining predmeti Reja: Ona tili ta'limining umumiy masalalari. O'zbek tili o'qitish metodikasi, fanining predmeti, vazifalari. Ona tili ta'limi oldiga qo'yiladigan talablar. «O'zbek tili o'qitish metodikasi» fani o'qituvchilar tayyorlash instituti filologiya fakultetining yetakchi mutaxassislik fanlaridan biri bo'lib, uning asosiy vazifasi o'zbek tili fani bo'yicha talabalarni yetuk ona tili o'qituvchisi qilib etkazishdan iborat. bo'lajak o'qituvchi til metodikasining nazariyasi va amaliyotini yaxshi uzlashtirish bilan ona tili o'qitishning umumdidaktik va o'ziga xos tamoyillarini, ta'lim mazmuni, metod va usullarini, dars tiplari va shakllarini, sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarni, bola iktidoriga xos muammolarni puxta egallasagina yetuk pedagogik faoliyatga tayyor deb hisoblanadi. Talabalar metodika fanini o'rganish orqali maktabda ukitiladigan ona tili fanining mazmuni, asoslarini bilib oladi. o'qitishning nazariy va ta'lim berish asoslarini uzlashtiradi, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirishga qaratilgan maxsus pedagogik vositalar va ularni mustaqil fikrlashga jalb kiladigan ish usullaridan foydalanib, eng zarur va muhim bilim hamda ko'nikmalar hosil qilish yul - yuriklarini o'rganadi. Bugungi kunga kelib ona tili o'qitish metodikasi fanining mazmuni xam uzgarmokda. Bunga sabab ona tili ta'limi mazmunining yangilanganligidir. Malumki, uzoq davrlar mobaynida ona tili o'qitishda nazariy bilimlar berish asosiy urinni egallab keldi. Buning oqibatida o'quvchilarning savodxonligi, og'zaki va yozma nutqlari past darajaga tushib koldi. Utgan asrning 90-yillaridan boshlab ona tili ta'limidagi ana shunday kamchiliklarni bartaraf qilish, buning uchun ta'lim mazmunini yangilash zarurligi haqidagi fikrlar yuzaga keldi. Bunday fikrlar 1991 yildan boshlab o'tkazila boshlagan «O'zbek tili doimiy anjumani»da yanada keskinrok yuzaga chikdi. Shularning natijasida ona tili ta'limi mazmunini yangilash zaruriyati yuzaga keldi va shunday ishga kul urildi. hozirga kelib ona tili ta'limi mazmuni yangilandi. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari asosida ona tilidan davlat ta'lim standarti ishlab chikildi va shu standart asosida yangilangan ona tili dasturi yuzaga keldi. Dastur asosida maktab ona tili darsliklari yangilandi. Yangi darsliklarni tuzishda induktiv metod asos qilib olingan. Shulardan kelib chikib ona tili ta'limi oldiga qo'yiladigan talablar xam uzgardi. Ona tili ta'limi oldiga quyidagi bosh maqsad kuyildi: Ona tili mashg'ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr maxsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarda ravon, to'g'ri ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga karatilishi lozim. Shu bosh maqsad yuzaga chiqishi uchun ona tili ta'limi oldiga quyidagi vaziaflarni bajarish talab qilib kuyiladi: O'zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo'yicha nutqning og'zaki va yozma shakllaridan keng va to'g'ri foydalanish uchun zarur bo'lgan ilmiy - amaliy ma'lumotlar berish. Turli lugatlardan to'g'ri foydalana olish. o'quvchi o'z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli shakllarda ifodalay olish ko'nikmalarini hosil ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.23 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.23 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: doc