Ona tili va adabiyot darslarida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja: Dars utishning yangicha talqinlari Ona tili darslarini yangicha usullarda tashkil etish. Adabiyot darslarida noan'anaviy dars shakllari. O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» pedagoglar, olimlar va ta'lim-tarbiya tizimi bilan bog'liq barcha mutaxassislar oldiga kuygan ulkan va mas'uliyatli vazifalarni ilg'or zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagina xal etish mumkinligi xammaga ayon. Shu maqsadda o'quvchilarning tillarni uzlashtirishiga alohida etibor berilishi bejiz emas, albatta. Zero, zamonaviy sharoitda muvaffakiyatli faoliyat ko'rsatish uchun oliy ma'lumotli malakali mutaxassis bir necha tilni yaxshi uzlashtirgan bo'lishi, o'zbek (davlat) tilidan tashqari kamida bir yoki bir necha jahon tillari (rus, ingliz va boshqalar) ni yaxshi bilishi talab etiladi. Bunga erishish uchun ta'lim mazmunini yangilash, amaldagi dastur va darsliklarni takomillashtirish va eng muhimi-barcha tarkibiy qismlari mohiyat va metodologik jihatdan mushtarak bo'lgan yangi o'quv majmualari yaratishga yo'naltirilgan tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi darkar. Sunggi yillarda jahon ta'lim tizimida tilni zamon talablari asosida mustaqil uzlashtirish usullarini tadbiq etishga katta etibor berilmokda. Jumladan bizning Respublikada xam xar bir til va adabiyot fanini o'qituvchi mutaxassis o'qituvchi o'z darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitishga karatmokda. Ona tili darslarini o'quvchilarga chuqurrok o'rgatish uchun o'qituvchining o'zi quyidagi talablar etibor karatmogi lozim. Darsni 8-12, 15-20 kishidan iborot guruhlarda tashkil etish. ta'lim jarayoniga o'quvchilarning mustaqil yondashishiga imkoniyat yaratish. o'qitishda zamonaviy texnik vositalar (video-magnitofon, kompyuter va boshqa audiovizeual jihozlar) dan foydalanish. Til o'rgatishda, shushingdek, fan bo'yicha darslik, o'quv qo'llanma, uslubiy qo'llanma, mavzular bo'yicha uslubiy ko'rsatma va ishlanmalardan mustaqil ravishda foydalanish. Darslarni amaliyot bilan boglab kuprok kundalik hayotda qo'llaniladigan so'zlarni o'rgatishga etibor karatish. Sharoitdan kelib chikkan holda, talabalarni guruhlarga bo'lishda xar bir guruh til bilish darajasi teng bo'lgan talabalardan iborat bo'lishiga etibor berish va o'quv materiallarini ona shu darajasiga karab tavsiya etish. o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda tilning nazariy jihatdan o'rganishga, yangi nutqiy ko'nikmalar hosil qilishga etibor karatish. o'quv dasturlarini shunga moslashtirib tuzish. Ona tilini o'rgatishda to'g'ri talaffuz qilish ko'nikmasini shakllantirish va so'z boyligini muntazam ravishda oshirib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda texnik vositalar-video va audiomagnitafonlardan foydalanish yaxshi samara beradi. o'quvchilar texnik vositalar yordamida turli mavzulardagi matnlar ustida ishlash, o'z talaffuzlarini nazorat qilish, yangi so'zlarni o'rganish yuzasidan mustaqil ishlash imkoniyatiga ega buladilar. Ona tilini o'rganishda mustaqil ishlash (matn ustida) ta'lim sifatini ta'minlaydigan eng muhim shartlardan biri bo'lib, u o'quvchilarni uzlari urganayotgan tilda fikr-mulohazalarini mustaqil va erkin bayon kila olish ko'nikmalarini takomillashtirish bilan belgilanadi. mustaqil ishlashda belgilangan mavzu asosida amaliy ish (mavzu bo'yicha mashqlar) bajarish hamda muayyan mavzu asosida izlanishlar olib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.17 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.17 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: doc