Ona tilidan noan'anaviy darslarni tashkil etish

Ona tilidan noan'anaviy darslarni tashkil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ona tilidan noan'anaviy darslarni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Ona tilidan noan'anaviy darslarni tashkil etish . Reja: 1. an'anaviy va noan'anaviy darslar, ularning ta'limda tutgan o'rni. 2. Dars jarayonida o'quvchilarni faollashtirish, ularni mustaqillikka yo'naltirish. 3. Noan'anaviy dars turlari va ularni tashkil etish. 4. Bir soatlik dars ishlanmasi. Jamiyatimizning barcha jabhalarida qayta qurish bo'lgani kabi ta'lim-tarbiya sohasida ham qayta qurish, yangilanish zarurligi namoyon bo'lib bormoqda. Hech sir emas, ta'limning an'anaviy usuli hozirgi kun talablarini qondirmay qo'ydi. Shu bois «Zamonaviy dars qanday bo'lmog'i kerak?» savol tug'iladi.Bu savol keyingi kunlarda ko'pchilik o'qituvchilarni qiziqtirmoqd a. Bugungi kunda boshlang'ich ta'limning sifati, samaradorligi butkul o'qituvchi zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o'z mas'uliyatini qay darajada his etishiga bog'liq bo'lib qoldi. Har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'zi o'qitayotgan sinf o'quvchilari o'quv yili yakunida fanlardan egallashlari lozim bo'lgan bilim, malaka, ko'nikmalar mezoni talablari darajasida bilim, malaka va ko'nikmalariga ega bo'lishiga erishishi kerak. Shunday ekan darslarni qanday usul bilan olib borish masalasini o'qituvchi ehtiyoriga berish maqul deb bilamiz. Lekin o'qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mehnat qilishi, darsning har bir bosqichiga mas'uliyat bilan yodoshmog'i lozim. Shuningdek, o'quvchilarga puxta bilim berish va darsning samaradorligini oshirish uchun unga ijodiy va yangicha yondoshib, zamonaviy darslar tashkil qilmog'i kerak. Oshkor aytish mumkinki, hozirgi kundagi darslarimiz kundan-kunga bolalarimizni zeriktirib qo'yadigan tartibda olib borilyapti. Ko'pgina o'qituvchilar hanuzgacha darsni tashkil etish, o'tilgan mavzuni takrorlash va o'quvchilar bilimini baholash, yangi mavzuni bayon etish, uni mustahkamlash va uyga vazifa topshirish bilan chegaralanib kelmoqdalar. Bunday dars hozirgi kun talabiga mutlaqo javob bermaydi. Bolalarimiz faqatgina tinglovchi bo'lib qolmoqdalar. Tayyor bilimlar o'qituvchi tomonida o'quvchilarga bayon etilmoqda. Ammo «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da kadrlar tayyorlashning milliy modelini belgilashda birinchi o'ringa shaxs qo'yiladi. Bunda asosan o'quvchi shaxsi qolaversa o'qituvchi shaxsi, rahbar shaxsiga yangicha yondoshish, yangicha talablar ko'zda tutiladi. «ta'limdan asosiy maqsad, bolalarga ilgarigidek bilim berish emas, ularni bilim olishga o'rgatishdir. Bunda o'quvchilar paseiv tinglovchi bo'lib qolmay, balki bilim olish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishlari kerak. Bu demakki, o'qituvchi bilan o'quvchining o'zaro munosabati va bilim olish jarayonidagi ruhiy holati tubdan o'zgarishi lozim. Yurtboshimiz nutqlarida takidlaganlaridek, «o'quvchi-o'qituvchi munosabatidagi majburiy itootkorlik o'rnini ongli intizom egallashi» kerak. Shundagina musttaqil davlatimiz uchun erkin fikrlaydigan, mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan kadrlar etishtirishimiz mumkin». («Til va adabiyot ta'limi» jurnali 1998 yil 1-son 18-bob jurnal tahririyatining Jo'ra G'anievich Yo'ldoshevga murojaat etib savollariga olgan javoblaridan). Demak dars jarayonida o'quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan qilib etishtirish lozim. Hozirgi kunda o'qituvchilardan talab etilayotgan narsa, o'quvchilarni faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik bo'ladi. Darslarni zamonaviy usulda tashkil etish uchun bir qator metodik va pedagogik talablarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.13 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.13 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga