o'qish darslarida badiiy asarlarni janriy xususiyatlariga ko'ra o'rganish Reja: Ertakni o'qish metodikasi Kumush qish o'quv materiali. rangin qorlar. Olloyor. hikoyani o'qish metodikasi Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo'lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o'qib o'rganiladi. O'qish darsliklarga, asosan, hikoya, sher, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o'qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularning o'quvchilarga ta'siri ham har xil bo'ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, sheriy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni sher matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikni taqqoslash orqali o'zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko'ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o'qishda o'qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Ertakni o'qish metodikasi Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o'tkirligi, manodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi. Ertakning o'tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z obrazlarga bo'linadi. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o'quvchilar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, yani yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g'alaba qozonishiga ishonch uyg'otadi. O'quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?) Nima uchun?», « nima uchun jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi bazi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki bazilaridan yuz o'giradi?)» kabi savollarga javob topish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.1 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.1 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: docx