O'qish darslarida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish

O'qish darslarida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qish darslarida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish - rasmi

Material tavsifi

O'qish darslarida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish O'qish darslarida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish Reja: Nutq va uning turlari. O'qish darslarida nutq o'stirishga yaratilgan imkoniyatlar. O'qish darslarida og'zaki nutqni o'stirish yo'li va vositalari. O'qish darslarida yozma nutqni o'stirish yo'llari. Nutq o'stirishning ta'lim-tarbiyada tutgan o'rni. Nutq o'stirishga qo'yilgan DTS talablari. Nutq o'stirishda lug'at ustida ishlashning ahamiyati. Nutq va uning turlari. Ma'lumki, nutq tafakkur bilan bog'liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog'liq holda o'stiriladi. Darsda o'qilgan asarni o'quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g'oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo'llanadi. O'qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o'qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminasiya, yechim). Masalan, bolalar O'.Usmonovning CHumchuq bola hikoyasida qatnashuvchi shaxslar sifatida Boboxonni, chumchuq bolani, Tal'atni aytadilar; Laqma it ertagida qatnashuvchilarni: laqma it, echki, mushuk, xo'roz, olaqashqani aytadi. Qatnashuvchi shaxslarni o'quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin. Ammo, o'qituvchi ularni asarda qatnashgan tartibda aytishni so'raydi. Natijada o'qituvchi rahbarligida hikoyaning jadvali tuziladi. O'qituvchi bergan savoli yordamida bolalar Boboxon chumchuq bolani bug'doyzordan tutib olgani, uni qiynagani, ko'chada o'rtog'i Tal'atni ko'rib qolgani, Boboxonning ishidan Tal'atning xafa bo'lgani, chumchuq bolani qizil qalam va o'chirg'ichga almashib olgani va uchirib yuborgani (qutqargani), Boboxon esa uyalganidan dovdirab qolganini aytib beradilar. Hikoyaning mazmuni shunday aniqlanadi. SHunday qilib, hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o'quvchilardan ongli ishlashni, ya'ni voqealarni, qatnashuvchilar sostavini analiz qilishni talab qiladi. O'qish bilan bog'liq holda bajariladigan bunday logik ishlar asta-sekin murakkablasha boradi. Nutq va uning turlari. Boshlang'ich sinflar o'qish darslarida o'quvchilar nutqini o'stirish vositalaridan biri to'g'ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to'liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun matnni to'liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o'qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o'qituvchining savoli o'quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o'rtasidagi bog'lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o'ynaydi. Nutq va uning turlari. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab etadilar. O'qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so'zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o'zaro bog'liqlikni yoritishga yo'naltirilishi lozim. O'quvchi o'qilgan asar mazmunini o'qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o'zaro bog'laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. O'qish darslarida nutq o'stirishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 64.98 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 64.98 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga