O'qish darsliklariga kiritilgan matnlar va ular ustida ishlash usullari Reja 1. Kirish. mashg'ulotning maqsadi va mavzuning dolzarbligi. 2. Prezident I.A.Karimovning darsliklar bo'yicha aytgan fikrlari. 3. Boshlang'ich sinf darsliklarida matnlarning berilishi haqida. 4. Matnlarning mualliflari haqidagi ma'lumotlar tahlili. 5. Matn ustida ishlash usullari. Prezidentimiz I.A.Karimov o'zlarining Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori nomli nutqlarida Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o'rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak? (1; 8-b.), deb darsliklarimizning bu boradagi ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tdilar. Bu bilan olimlarimiz oldiga dastur, darsliklar va boshqa ilmiy-uslubiy qo'llanmalarning yangi avlodini yaratishdek yuksak mas'uliyatni ko'ndalang qilib qo'ydilar. Biz darslik yaratishga eng ilg'or va eng sharafli vazifa sifatida qarashimiz, yaxshi darslik yaratgan odamlarni boshimizga ko'tarishimiz kerak (1; 8-b.) degan so'zlari bilan yaratilajak darsliklarning mazmuni naqadar davr talabiga mos, milliy istiqlol g'oyalariga sug'orilgan bo'lishini yana bir bor eslatib o'tdilar. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz boshlang'ich sinf darsliklariga kiritilgan matnlarni har taraflama tahlil etishga kirishdik. Ishni barcha darsliklarni to'plashdan va ularda berilgan matnlar kartotekasini tuzishdan boshladik. Shundan so'ng, kartotekani bibliografik ko'rsatkich shaklida kitobcha qilib nashr etdik (2;). Jami 12 ta darslik (1-4-sinflar Alifbe, Ona tili, O'qish va Sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlariga mo'ljallangan Kitobim oftobim, Sirli xazina) manba sifatida olindi. Ushbu tahlil etilgan darsliklarga jami 849 ta matn - hikoya, ertak, rivoyat, bolalar uchun yaratilgan turli asarlardan parchalar, hayotiy lavhalar, she'r va boshqalar kiritilganligi ma'lum bo'ldi. Jami 262 muallifning asarlaridan olingan matnlar berilgan ekan. Shu jumladan, xalq og'zaki ijodidan namunalar - ertak, rivoyat, afsona, dostondan parchalar ham joy olgan. Folklorning kichik janrlari - maqol, latifa, topishmoq, tezaytish, sanama, hikmatli so'zlar va boshqalar ham keltirilgan. Masalan, maqollar 61 marta darsliklarda alohida bo'lim yoki mavzuga bog'lab (jami 200 dan ortiq) berilgan. Bolalar uchun qiziqarli va erkin fikrlashga undovchi topishmoqlarga ham ancha o'rin ajratilgan. Bibliografiyadagi mualliflar ko'rsatkichiga e'tibor berganimizda, quyidagi ma'lumotlar aniqlandi. Bu manbalarda bolalarning sevimli shoiri Po'lat Mo'minning asarlari eng ko'p o'rin olgan ekan. Bu shoirning she'rlari tubandagidek darsliklarda joylashgan: 1-sinf darsliklarida 5 ta she'r, 2-sinfda - 9 ta, 3-sinfda - 4 ta va 4 - sinfda - 10 ta, jami 28 ta matnni tashkil etadi. Taniqli bolalar shoiri Quddus Muhammadiyning 17 ta she'ri kiritilgan. Abdulla Avloniy va Tursunboy Adashboyev asarlaridan 15 tadan matn ajratib olingan. Bu ma'lumotlarni quyidagi jadval orqali davom ettirish mumkin. Jadvaldan shu narsa ma'lum bo'ldiki, boshlang'ich sinflarda u yoki bu adib haqida berilgan ma'lumot, uning asarlari, asarlaridagi qahramonlar, ularning sarguzashtlari bolaning, o'quvchining bir umr yodida qolishini e'tiborga oladigan bo'lsak, tahlil etilgan darsliklarda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.38 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.38 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: doc