O'qish tехnikasini o'rgatish REJA: Tоvushlavrni to'g'ri talaffuz qilish So'zlarni to'g'ri o'qish Gapdagi tinish bеlgilarini talaffuzda aks ettirish; Оhangga riоya qilish Savod o'rgatishni to'g'ri tashkil qilish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o'rganish talab etiladi. Bunda birinchi sinfga keladigan o'quvchining oilasiga yoki bolalar bog'chasiga borib, suhbat o'tkazilib bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi. Birinchi sinf o'qituvchisi ta'lim-tarbiya ishlarining murakkab jarayonlariga bardoshli bo'lishi, bola xarakteridagi o'zgarishlarni sezgirlik bilan payqashi va ta'lim metodlaridan ijodiy foydalanishi lozim. Bolalarning o'qishga munosabatlari, aql va idroklari shu kichik maktab yoshida shakllanadi. O'QISH TЕХNIKASINI O'RGATISH (ohang). Intonatsiya og'zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg'u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig'indisidir. Asarning mazmuni va g'oyaviy yo'nalishini tahlil qilish ifodali o'qishga o'rgatish bilan bog'lab olib boriladi. Ifodali o'qishga o'rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o'z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O'quvchilarda ifodali o'qish malakasini shakllantirish uchun asarni o'qituvchining ifodali o'qishi muhim ahamiyatga ega. Intonatsiya Boshlang'ich ta'lim tizimida mantiqiy o'qish (matnni to'g'ri, tushunib, tez (me'yorida) o'qish) va adabiy o'qish mukammal o'zlashtirilganidan so'ng ifodali o'qishga o'tiladi. Nasriy asarlarni ifodali o'qishdan oldin unda qanday g'oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X. To'xtaboevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasini ifodali o'qishdan oldin o'quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo'lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to'g'risida tushuncha beriladi. Ifodali o'qish - bu intonatsiyaning turli vositalari yordamida asar mazmuni va unda ifoda etilgan his-tuyg'ularni tushunib o'qish demakdir. Ifodali o'qishda ma'lum tezlik, mantiqiy pauza, tinish belgilariga rioya qilgan xolda o'qish muhim. Buning uchun so'zlarni aniq, ravon, to'g'ri talaffuz etib, asar mazmunini tushunib, ongli o'qish, unda ifoda etilgan qahramonlarning ichki kechinmalari, his-tuyg'ularini, ruxiy kayfiyatlarini anglab o'qish demakdir. Ifodali o'qishga o'rgatish ish turlariga kuyidagilarni kiritish mumkin: to'g'ri nutqiy nafas olishni tarbiyalash; diksiyani ishlab chiqish; tovush, bo'g'in, so'z, gap, she'riy asar, tez aytishlar bilan artikulyatsion mashqlar o'tkazish; xor bo'lib o'qish; ko'rsatilgan ifodali o'qish namunasiga taqlid etish; rollar bilan o'qish; drammatizatsiya, saxnalashtirish usullaridan foydalanish; ayrim intonatsiya turlaridan ongli foydalana olishga o'rgatish mashqlari; ovoz ustida ishlash va boshqalar. Ifodali o'qish To'g'ri o'qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o'qish tushuniladi, ya'ni to'g'ri o'qish so'zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarni buzmasdan, so'zdagi tovush yoki bo'g'inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo'shmay, harflar o'rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so'zga urg'uni to'g'ri qo'yib o'qish hisoblanadi. To'g'ri o'qish so'zning uzun-qisqaligiga, o'quvchining so'z boyligiga, ya'ni so'zning leksik ma'nosini qanchalik bilishiga hamda so'zning bo'g'in va morfemik tarkibiga bog'liq To'g'ri o'qish Tez o'qish me'yoriy tezlikda o'qish bo'lib, bunda o'qish sur'ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O'qish tezligi matnni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
415.82 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
415.82 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: ppt