O'qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish

O'qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

O'qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish Reja: 1. O'qish darslarning turlari: a) yaxshi bilim berish darsi; b) mustahkamlash darsi; v) nazorat darsi; g) aralash dars; d) takrorlash-umumlashtirish darsi o'qish. 2. Umumlashtiruvchi darsning o'ziga xos xususiyatlari maqsadi 3. Umumlashtiruvchi o'qish darsining ta'lim-tarbiyaviy imkoniyatlari. Umumlashtiruvchi o'qish darsi qurilishi jihatidan boshqa darslardan farqlanadi. Bunday darslar har bir sinfda 4-5 marta o'tkaziladi. YAngi dastur va metodik qo'llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o'qish darsida o'qilgan asar haqidagi o'quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi. O'qishdan o'tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o'quvchilar bilimini sistemaga solish, o'rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars, odatda, o'qish dasturidagi biror muhim mavzu yuzasidan o'tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo'limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o'quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o'quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda o'qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo'shimcha materiallar berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o'qilganlarning mazmunini o'quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. SHunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o'qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok etilgan tabiatdagi fan va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo'ladi. Maktab hayoti, oila va tabiatshunoslikka oid mavzuga bag'ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o'quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog'lashdir. Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo'lib, o'qilganlar, ko'rilgan-kechirilganlar yuzasidan suhbat, illyustrativ materiallar (rasmlar, misollar)ni ko'rsatish va tahlil qilish, o'quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o'qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og'zaki hikoya qilishi kabilardan fodalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib ta'minlanadi. Umumlashtiruvchi darslarga, asosan, quyidagi pedagogik talablar qo'yiladi. O'quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o'qiganlari, ko'rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o'z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo'lsinlar. Masalan, ma'lum bir mavzuni yakunlab o'tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o'qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o'z fikrlarini aytadilar, zarur bo'lsa, o'qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o'rganish jarayonida o'quvchilar bilan ekskursiya o'tkazilgan bo'lsa, ular ekskursiyadan ko'rganlaridan nimalar qiziqarli bo'lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o'qituvchi yordam beradi. Bular o'quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o'rgatadi, o'stiruvchi ta'limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati O'qish kitoblarida berilgan savol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 64.64 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 64.64 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga