O'qitish jarayoni ta'lim mazmuni va vositalari Reja: O'qitish jarayoni tashkillash. O'qitish jarayonining vazifalari. O'qitish jarayoni, ta'lim mazmuni va vositalari Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san'at, o'yin kabi), uning tevarak-atrofdagi olamni va o'zini-o'zi bilish bilan bog'liq. O'qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o'qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turi hisoblanadi. Bu jarayonning mohiyati - bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish, o'quv fanlari mazmunini o'zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdan iboratdir. O'qitish jarayoni orqali o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda bilish faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni egallab olishga doir maxsus tashkil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Shuningdek, o'qitish jarayonini tashkil etish uchun avvalo, darsda didaktikaning barcha kategoriyalari bir vaqtda hamoxang olib borilishi lozim. Xususan, har bir fanning maqsadi bo'ladi, undan natija kutiladi, natija esa, nazorat va baholash bilan belgilanadi. Dars jarayonida ta'lim mazmuni, vositasi, o'qitish metodlari, ta'limni tashkil etish shakllaridan foydalanadi, bu o'z navbatida o'qitish jarayonini tashkil etadi (14-ilova). O'qitish jarayonining mazmunini bilim, ko'nikma va malaka tashkil etadi. O'quvchilar o'qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bunda bilimning o'zi kifoya bo'lmaydi. Uni hayotda ko'p unum beradigan qilib qo'llay bilish lozim. Buning uchun esa, o'quvchida ko'nikma va malaka hosil qilish lozim. Ko'nikma - mashq qilish natijasida bajariladigan harakatlar yig'indisi. Ko'nikma va iqtidor mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi. Bilim asosida ko'nikma, so'ngra malaka hosil bo'ladi. Bilim bahsda kerak bo'lsa, ko'nikma mehnatda, dunyoni o'zlashtirishda kerak. Shu jihatdan o'quv yurtlarida o'quvchilar o'rtasida bahslar, bellashuvlar, o'tkir zehnlilar mushoirasi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvi kabi tadbirlarni tashkil etish foydalidir. Malaka esa, avtomatlashgan holda bajarilgan nazariy-amaliy bilim va ko'nikmalar majmuidir. Shuningdek, o'qitish doimo shug'ullanuvchilarning faolligini taqozo etadi. Shuning uchun ham uning mohiyati shundaki, bir tomondan pedagoglar, o'qituvchilarning, ikkinchi tomondan o'quvchilarning o'zaro bog'langan, bir-birini taqozo etadigan faoliyatidir. O'qitish jarayoni sifatida ta'limning uchta tuzilish elementi bor: o'qitish (o'qituvchining ta'lim beruvchi faoliyati), o'qish (ta'lim oluvchining bilish faoliyati) va ta'limning mazmuni (ularning birgalikdagi faoliyat obyekti). Didaktika vazifalarining kompleks tarzda hal etilishiga o'quv jarayonining ta'lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash funksiyalarini samarali ro'yobga chiqarish imkonini beradigan to'laqonli o'qitish nazariyasini yaratish uchun barcha ijobiy narsadan unumli foydalanish orqali erishiladi. Hozirgi sharoitda o'qitish o'sib kelayotgan yosh avlodga imkoniyat tajribasining ayrim jihatlarini mehnat, madaniyat, san'at, fan, axloq va boshqalarni o'zlashtirish imkoniyatini tamin etadigan va maqsadga yo'naltirilgan jarayonga aylanadi. O'qitishning mohiyati mazkur jamiyatda yashashga va mehnat qilishga tayyorlashdan iboratdir. O'qitish jarayonining vazifalari. O'qitish ta'lim berish, kamolga yetkazish va tarbiyalash kabi uchta funksiyani o'z ichiga oladi. Birinchi, bilimlarni egallash, o'quv ko'nikmalarini egallash va malakalarni shakllantirish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.39 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.39 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: doc