O'qitish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirish yo'llari

O'qitish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirish yo'llari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qitish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

O'QITISh JARAYoNIDA TALABALARNING MUSTAQIL FIKRLASh QOBILIYaTLARINI OShIRISh Yo'LLARI RYeJA: O'qitishda talabalarning ijodiy tafakurini rivojlantirish yo'llari. Talabalarning mustaqil fikrlarini rivojlantirishda ta'lim nazariyasi va amaliyot asoslari. 1. O'qitishda talabalarning ijodiy tafakurini rivojlantirish yo'llari. Hozirgi ta'lim sohasida kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biri ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlar sintezi muvaffaqiyatini amaliyotda qo'llash-yangicha fikrlovchi, teran fikrini amalga tadbiq qila oladigan inson tafakkuridir. Bularning barchasi orqali inson omilining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning zamirida kelajak o'qituvchilari uchun ijodiy tafakkurning albatta zarurligi tan olinmoqda. Mustaqil ijodiy tafakkur-ma'naviy kamolotning belgisidir. Malumki, inson tafakkurning rivojlanish imkoniyatlari cheksiz. Erkin ijodiy tafakkur muayyan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy zaminda yuzaga keladi va ma'naviyatning rivoji qanchalik uyun bo'lsa, ijtimoiy taraqqiyot uchun zamin bo'ladigan fan ilg'or g'oyalari ko'proq maydonga keladi va taraqqiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kasib-ta'lim o'qituvchisi uchun ijodiy tafakkur, ayniqsa muhim sifat hisoblanadi. Ijodiy tafakkur shaxs aktivligi, aql quvvatini ishga sola bilish, borliqqa o'zgartirish kirgiza bilish, yani mustaqil harakatdir. Mustaqil ta'limni optimal boshqarish va rejalashtirish talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishning muhim ko'rsatkichlari. Ijodiy tafakkur - ichki bir-biriga bog'liq mantiqiy ketma-ketlik orqali bajariladigan harakat deb qaralsa ham bo'ladi. Ijodiy tafakkur albatta yangi ijodiy natijaga erishishni nazarda tutadi, yangi tafakkurga bo'lgan talab, ijodiy tafakkurni bir butun tarkibi orqali birlashtiradi. 2. Talabalarning mustaqil fikrlarini rivojlantirishda ta'lim nazariyasi va amaliyot asoslari. ta'lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslarini, yani ta'lim, bilim berish, o'qitish nazariyasi bilan pedagogikaniig mustaqil bo'limi didaktika shug'ullandi. Didaktika - grekcha so'z bo'lib, didasko, yani, o'qitish o'rgatish manolarini beradi. ta'lim qonuniyatlarini o'rganish, tahlil qilish jarayonida ta'lim tushunchasi uning mohiyati mazmun va vazifalari, o'qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlar bayon etiladi. ta'lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo'lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta'sir ko'rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faolashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. ta'limdagi yutuqlar, avvalo o'qituvchiga bog'lik. Mutaxassis sifatida o'z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo'lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo'lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o'rganish va baholash, pedagogak ta'sir ko'rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. ta'lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to'plangan bilimlar boriladi, zaruriy ko'nikma va malakalar hamda e'tiqodlar shallantiriladi. ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo'lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, yani unda ikki tomon o'qituvchi va o'quvchi faol ishtirok etadi. O'qituvchi aniq maqsadni ko'zlab, reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni singdiradi, o'quvchi esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 139.58 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 139.58 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga