O'qitish jarayonida texnologik yondashuv Kirish O'quv -tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an'anaviy usullardan farqli o'laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o'zlashtirish va ta'lim jarayonida qo'llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e'tibor berilgan. Albatta, ilg'or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta'limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlarda bundan 30-yillar muqaddam paydo bo'lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo'lga kiritgan. Ta'lim tizimida texnologik yondashuv Ta'limni texnologik yo'nalishda ko'rishning umumiy mezoni uning aniq va batafsil belgilangan maqsadga yo'naltirilganligidadir. Bu holada har bir maqsadni amalga oshirish uchun alohida qonuniyat, jarayon, ketma-ketlik va unga mos amallar majmui mavjud bo'lishi asos sifatida olinadi.Pedagogik texnologiya ning vositaviy yo'naltirilganligi unng turli uslublar asosida turli ta'lim tizimlarini ko'rishdagi keng imkoniyatlarini belgilab beradi.Bunda ta'limning tashkiliy jihatlari olinadi.Faqatgina pedagogik texnologiya doirasida aniqlab olinadigan maqsadlar-ning empirik (amaliy) tahlili beriladi. O'quv jarayonining har qanday qismi uning loyihalanishiga texnologik jihatdan yondashilganda quyidagi asosiy bosqichlarga ega bo'ladi: -ta'lim bosqichining umumiy maqsadini belgilab olish: -umumiy maqsadni shakllantirishdan uni ixtisoslashtirishga o'tish; -o'quvchilarning bilim darajasini tashxis qilish; TA'LIM JARAYONI TURLARI Bosqichlar ketma-ketligi tavsifi o'qituvchi harakatlarining davriy takrorlanuvchi ketma-ketligi bo'lib, u ko'p marotaba mos ravishda maqsadlar, aniq nazorat usullari va ta'lim jarayoni turlari bilan takrorlanib, ta'lim jarayonini nihoyasiga yetkazadi. Pedagogik texnologiyaning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadigan uning metodikasiga qo'yiladigan talablar, prinsiplar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar, pedagogik texnologiyaning tamoyillari: kafolatlangan yakuniy natija, ta'limning mahsuldorligi, teskari aloqaning mavjudligi,ta'lim maqsadining aniq shakllanganligi kabilar deb talqin qilinadi. Pedagogik texnologiyaning prinsiplari: -pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogik tizimning optimalligi, maqbulligi; -ta'lim-tarbiya natijasining kafolatligi; -pedagogik jarayonning bir butunligi va tarkibiy qismlarning o'zaro bog'liqligi; -o'qituvchi va o'quvchi faolligining uyg'unligi, tarbiyalanuvchi faoliyatini tashkil qilish; -inson va texnika resurslari, optimal vositalarni qo'llash; -pedagogik jarayonni modellashtirish kabilar. Ta'lim olish jarayonida yangi bilimlarni o'rganishda insonlar bir qator bilish jarayonlariga murojaat qilishlari tabiiy. Bu jarayonlar inson yosh xususiyatlariga ko'ra takomillashib boradi. Shu sababli ta'lim beruvchi bilan ta'lim oluvchi bu jarayonlarni funksiyalarini yaxshi tahlil qilishi lozim. Insonni voqelik to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlarni sezgilar orqali oladi. Sezgi insonni voqelik bilan bog'lovchi vosita hisoblanadi. Bu bog'lanishlar sezgi turlarini o'rniga qarab bir necha turga ajraladi. Tabiatan, besh sezgining funksiyasi bunda muhim o'rin egallaydi. Ta'lim texnologiyalari Ta'limni texnologiyalashtirishning asosini, ta'lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta'lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o'quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to'liq boshqarish g'oyasi tashkil etadi. Bunday yondoshishning mohiyati, ta'lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo'yicha aniq elementlarga bo'lib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat. Ta'lim texnologiyasining predmeti Ta'lim texnologiyasining predmeti - ta'lim tizimini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
243.27 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
243.27 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: pptx