O'qitish jarayoniga texnologik yondashuvning mohiyati va ahamiyati Reja: 1. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini jahon standartlari talablariga muvofiqlashtirish vazifalari 2. O'qitishga texnologik yondashuvning vujudga kelishi va rivojlanishi 3. O'qitish jarayoniga texnologik yondashish (pedagogik texnologiya) ning o'ziga xos xususiyatlari Bizga malumki,O'zbekistonhukumati,shaxsan muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq,ayniqsa, so'nggi yillarda ma'naviyat va ma'rifat masalalari va ta'lim tizimini takomillashtirib, uni jahon andozalariga muvofiqlashtirish bo'yicha ibratli ishlarni amalga oshirmoqdalar. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida(1997 yil 29 avgust) Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «ta'lim to'g'risida»gi Qonunning qabul qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Bu muhim hujjatlar istiqboliy xarakterga ega bo'lib, ularning mamlakatimiz ta'lim tizimini takomillashtirishda qanday ahamiyatga ega ekanligi hammamizga malum. O'tgan davr ichida ta'limni isloh qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning bajarilishi bo'yicha dastlabki yutuqlar ekanligini takidlab o'tish lozim. ta'lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta'lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga alohida etibor berilgan. Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «o'quv jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» zarurligi ham alohida ko'rsatib o'tilgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi Qaroriga binoan Respublikamiz oliy o'quv yurtlariga yoshlarni test usulida qabul qilishning joriy etilishi, O'zbekiston MDH mamlakatlari ichida birinchi marta jahon pedagogikasidagi ilg'or tajribalarni o'rganishga yo'l ochganligidan dalolat beradi. Respublikamizda test usulini Davlat ahamiyatidagi masala darajasiga ko'tarilganligi, pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etishga ham keng imkoniyat yaratdi. Shuni takidlash lozimki, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan barcha o'quv yurtlarida ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo'yicha aniq maqsad sari samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1997 yil aprel-iyun oylarida o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy seminarlar dasturida pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etish masalasi o'z aksini topgan. O'sha yili avgust oyida «Muammolar» institutida «Ilg'or pedagogik texnologiyalar» bo'yicha jadallashtirilgan kurs tashkil qilinib, unda professor B. L. Farberman qiziqarli ma'ruzalar o'qidi. U takidlaganidek: «Ko'p bosqichli ta'lim tizimi, yangi standart va o'quv dasturlari joriy etilayotgan hozirgi davrda o'qitishni eskicha uslub bilan olib borishga yo'l qo'ymaslik kerak» O'tgan davr mobaynida bu institut tomonidan Respublikamizdagi bir nechta oliy o'quv yurtlarida pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etish masalasiga bag'ishlangan maxsus kurs va seminarlar o'tkazildi. Xususan, 199 yilning o'zida Respublika (8-9 aprel) va 7 ta hududiy seminarlar o'tkazildi («ta'lim muammolari» 199 y. № 1-2). Bu esa hozirgi kunda pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etish, Vazirlik miqyosida eng dolzarb masalalardan biri ekanligini yaqqol ko'rsatib turibdi. Vazirlik ko'rsatmalariga amal qilgan holda, Namangan muhandislik pedagogika institutida ham pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga qo'llash bo'yicha bir muncha ishlar qilinmoqda. Jumladan, institut ilmiy kengashining 1997 yil 5 dekabr kungi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.46 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.46 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: doc