REJA O'qitish jarayoniga texnologik yondashish. Ta'lim tarbiyaga yondashuvlar. Ta'limning tizimli usuli. Pedagogik tizim. 1.O'qitish jarayoniga texnologik yondashish. Jahon pedagogikasi fani uzoq vaqt davomida ilmiy-texnik taraqqiyot ta'sirida - psixologiya, kibernetika va boshqaruv nazariyalari hamda boshqa fanlar erishgan yutuqlarni umumlashtirgan holda, inson resurslarini samarali rivojlantirish va faol innovasion jarayonlarni boshidan kechirish davrida bo'lib keldi. Bu - fan, pedagogik ilmiy nazariyalar va boy amaliy tajribalarni o'zida mujassamlantirgan holda, o'tgan asrning yarmigacha bo'lgan davrda birorta buyuk pedagog, boshqalar ham ulardek yuqori natijalarga erishadigan, ya'ni takrorlanuvchan pedagogik siklni yarata olmadilar. Bizningcha, buning sababi, yaratilgan ilg'or uslublar, ularning mualliflari shaxsiga ko'p jihatdan bog'liq bo'lgan. Shuning uchun ham, ularning izdoshlari mualliflardek yuqori darajadagi mashg'ulotlar o'tkazishga muvaffaq bo'lmaganlar. Chunki, psixologiya fani tasdiqlaganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. Shunga qaramasdan, sobiq ittifoq pedagogik amaliyotida ilg'or tajribalarni ommalashtirish bo'yicha ommaviy axborot vositalari orqali ko'p urinishlar bo'lib o'tdi. Mavjud o'quv jarayonini takrorlanuvchan xususiyatga ega emasligi, o'z davrida A.S.Makarenko tomonidan tanqid qilinganligini biz yuqorida keltirgan edik. Ishlab chiqarishda natijasi kafolatlangan, lekin ijrochilar shaxsiga bog'liq bo'lmagan juda ko'p texnologik jarayonlar yaratilgan. Sanoatdagi buyumning ishchi chizmasi va yig'iladigan birikmalar chizmasi texnologik jarayonning asosini tashkil qiladi. Ularning talablarini aniq bajarish natijasida buyumlarni o'zaro almashuvchanligini, texnologik jarayon operasiyalari esa takrorlanuvchanligi, ya'ni takrorlanuvchan texnologik siklni tashkil qilishi ta'minlanadi. Shuning uchun ham O'zbekistonda, Janubiy Koreya va Turkiyadagidek, ulardagi bilan bir xil sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan yengil avtomobillar va kichik avtobuslar ishlab chiqarilmoqda. Takrorlanuvchan pedagogik jarayonni yaratish, ishlab chiqarishdagiga nisbatan anchagina murakkab jarayon bo'lib hisoblanadi. O'quv (o'quv-tarbiyaviy) masalalarni turli tumanligi, ta'lim mazmuni va o'quv materialining turlicha ekanligi, bilimlarning o'zlashtirilishini talabalarning individual xususiyatlariga bog'liqligi va boshqa omillar bunga to'sqinlik qiladi. O'quv jarayonini takomillashtirish maqsadida yaratilgan barcha uslub, shakl va modellar faqat o'z egasi qo'lidagina yuqori samara beradi. Shunday bo'lsa ham, o'quv jarayoniga yagona, samarali yondashishni yaratish bo'yicha izlanishlar olib borilganligi natijasida AQSHning buyuk pedagoglari B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, L.Andersen va boshqalarning izlanishlari natijasida takrorlanuvchan hamda yakuniy natijani kafolatlaydigan pedagogik texnologiya yaratildi. Uning mohiyati o'quv maqsadining aniqligi va unga erishish uchun talabaning qat'iy belgilangan ketma-ketlik bo'yicha, har bir o'quv bo'lagini (modulini) o'zlashtirib, mustaqil faoliyat ko'rsatishidan iborat bo'ladi. Ilmiy tadqiqot natijalarini ko'rsatishicha, faqat uzluksiz ma'ruza o'qilganda, talabalar materialni atiga 5 foizini o'zlashtirsalar, bir-birini o'qitish va mustaqil o'rganishda esa bu ko'rsatkich 90 foizni tashkil qilar ekan (Xalq ta'limi. 199. №4 - 9 bet.). Shunday qilib, pedagogik texnologiyasining predmeti o'quv jarayoni va professional tayyorgarlik tizimini loyihalashdan iborat. Tizimli yondashish o'qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va o'quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.89 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.89 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: doc