O'qitish jarayonining mohiyati va qonuniyatlari o'qitish jarayonining tarkibiy qismlari Reja: O'qitish tamoyillari O'qitishning tarbiyaviy xususiyatlari O'qitishni individuallashtirish O'quv maqsadlarini qo'yish usullari maqsadlar taksonomiyasi O'qitish tamoyillari Didaktikaning asosiy qismlaridan biri - o'qitish tamoyillari qismidir. O'qitish tamoyillari - bu o'qituvchining faoliyatini va o'quvchilar bilish faoliyatining xususiyatini belgilaydigan asosiy qoidalardir. Bu tamoyillarni bilmaslik yoki ularni qo'llanishdagi no'noqlik o'qitish ishiga to'sqinlik qiladi, bilimlarni o'zlashtirilishini, o'quvchilar shaxsiga taalluqli fazilatlarning shakllanishiga to'sqinlik qiladi. ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayoni o'qitishning an'anaviy ravishda tarkib topgan va hozirga zamon sharoitlarida hosil bo'ladigan hamda uning ta'lim berish, rivojlantirish funksiyalari amalda ro'yobga chiqishiga imkoniyat tug'diradigan umumiy qoidalarga tayanadi. Pedagogikada bu umumiy asosiy qoidalar o'qitish tamoyillari degan nom bilan yuritiladi. O'qitish tamoyillari tizimini pedagogik tafakkur tarixida birinchi bo'lib Ya.A.Komenskiy ishlab chiqdi. U bu tamoyillarni o'quv jarayonini tashkil etilishi uchun asos bo'ladigan qoidalar deb atagan edi. ta'lim muassasalari o'quv jarayonida qo'llaniladigan va amal qilinishi lozim bo'lgan o'qitish tamoyillari mazmunining ta'riflari quyidagichadir (13-ilova): O'qitishning tarbiyaviy xususiyati. Bu tamoyil bir necha yo'nalishlarda amalga oshiriladi. O'quv materialini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan, milliy istiqlol g'oyasi, xalqning mehnatdagi yutuqlari bilan, hozirgi zamon fani vatexnikasi, madaniyati bilan bog'liqligi. Shaxsda ma'naviy fazilatlarni, intizomlilikni, qatiyatlilikni va mehnatsevarlikni tarbiyalash. O'quv jarayonida hosil bo'ladigan hissiyotlar, kechinmalar, taassurotning hosil bo'lish jarayonini boshqarish. Aqliy qobiliyatlarning rivojlantirilishi va shakllantirilishi O'qitishning ilmiyligi tamoyili. Bizni qurshab turgan olamni bilish jarayoni murakkab, ziddiyatli bo'lib, har xil bosqichlarni, shakllarni va turlarni o'z ichiga oladi. Ilmiy bilish hodisadan mohiyatga, narsaning tashqi ta'siridan uning ichki tuzilishini tasvirlashga o'tishdan iboratdir. Agar o'quv materiali o'quvchini qonunlar, tushunchalar, formulalar va teoremalar olami bilan tanishtirsa, bunday bilimlar ilmiy bilimlar deb ataladi. Ular aqliy rivojlanish uchun yetakchi ahamiyatga egadir. Faqat ana shunday bilimlargina o'quv fanining ilmiy mazmunini o'zlashtirib olishga, kepgusida esa fanni chuqurroq egallab, mehnatda faol ishtirok etishga imkon beradi. O'qitishning tizimlilik tamoyili. Bu tamoyil to'rtta asosiy qoidani o'z ichiga oladi: Bilim odamning narsalarni, o'zini qurshab turgan olamning hodisalarini aks ettirishidir. Olamda hamma narsa narsa o'zaro bir-biriga bog'liq va hamisha harakatda, rivojlanishda bo'ladi. ta'lim muassasalari o'quvchilari oladigan barcha bilimlar, uzluksiz rivojlanayotgan dunyoning ayrim qirralari, qismlari, xususiyatlari, holatlari ta'rifidan iboratdir. O'qitishning tizimlilik tamoyilining birinchi talabi o'quv bilimlarining ilk mabaini ko'ra bilishdan, o'quvchi o'quv materiali tizimida narsalarning, hodisalarning real munosabatlarini tasavvur eta olishlaridan iboratdir. O'quv materiali fanning maxsus ishlangan asoslari, qismlari, qoidalari, bo'linmalaridan iboratdar. O'qitishdagi bilimlar tizimi bilan fandagi tizim bir-biriga to'la mos bo'lavermaydi. Tizimlilik tamoyilining ikkinchi talabi - fandagi bilimlarlarning kollejdagi o'quvmaterialiga asos qilib olinadigan tizimini yaxshi anglab etishdan iborat. O'quv fani mazmuni va uni o'rganish izchilligini fanning tegishli ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.37 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.37 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: doc