O'qitish jarayonining mohiyati va qonuniyatlari uning tarkibiy qismlari

O'qitish jarayonining mohiyati va qonuniyatlari uning tarkibiy qismlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qitish jarayonining mohiyati va qonuniyatlari uning tarkibiy qismlari - rasmi

Material tavsifi

O'qitish jarayonining mohiyati va qonuniyatlari uning tarkibiy qismlari Reja: Bilimlarninng o'zlashtirishning mohiyati. Bilim faoliyatining umumiy tavsifnomasi. Bilim va ko'nikmalarni egallashga undovchi kuch. O'qish faoliyatining manbaalari. Bilimlarninng o'zlashtirishning mohiyati. Bilim kishilarning obxektiv borliqdagi narsa va hodisalarni, tabiat va jamiyatning qonunlarini bilib olishidan kelib chiqadi. Shuning uchun xam bilim bilish maxsulidir. Kishi hayotda tarkib topgan bilimi tarixiy taraqqiyot davomida o'zgarib boradi, yangi bilimlar bilan to'ldiriladi, kishining narsa va hodisalar to'g'risidagi bilimlari tobora chuqur, aniq, ravshan bo'lib o'sib boraveradi. Barcha bilimlar og'zaki va yozma nutq orqali avloddan avlodga o'tib, kishilar tomonidan o'zlashtirilib boriladi. Shu o'rinda ―O'quvchilarning bilimlari qanday bo'lmog'i kerak?‖, degan savol tugiladi. Maktab tomonidan beriladigan muayyan maqsadga qaratilgan bilimlar qatiyan ilmiy, yaxni haqiqiy tekshirilgan bo'lmogi lozim. O'quvchilarning fikri hodisalarga, ularning mohiyatiga yo'naltirilishi, narsalarni paydo bo'lishi, ularning o'zgarishi va rivojlanishini ko'rsatish, eng muhimi hodisalar o'rtasidagi ichki o'zaro bog'lanishlarni ko'rsatib berish lozim. Bilimlar mazmunining ilmiy bo'lishi o'quvchilarning umumiy o'sishiga taosir ko'rsatadi. Ularning bilim doirasini kengaytiradi, yoshlarni kelgusidagi hayoti professional taxlim uchun oliy o'quv yutlarida bilimlarni chuqurroq o'zlashtirish uchun sharoit yaratadi. hozirgi kunda fan juda tez o'smoqda va uning yangi tarmoqlari vujudga kelmoqda, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlar, tushunchalar paydo bo'lmoqda. Bularning xammasi o'quvchilarning ilmiy bilimlarida aks etmog'i kerak, albatta; O'quvchilarning bilimlariga qo'yiladigan muhim talablardan biri bilimlarning sistemaliligidir. O'quvchilar tomonidan o'zlashtiriladigan bilimlar o'zaro bog'langan, aniq mantiqiy tuzilishga va izchillikka ega bo'lishi lozim; O'quvchilarning bilimi tushunarli, maxlum maonoga ega bo'lmogi lozim. O'zlashtiriladigan bilimlarning maxnodorligi shundan iboratki, bu bilimlar birinchi navbatda konkret mazmun o'rgatilayotgan narsa, hodisa va ularning qonuniyatlari to'g'risida aniq tasavvur va tushunchalar bilan boyitilgan bo'lishi kerak. O'rganilayotgan materialning mohiyatiga tushunish, ular o'rtasidagi o'zaro bog'lanish va munosabatlarni topish, o'zlashtirilayotgan qonuniyatlarni asoslab berish hamda to'gri xulosa chiqarishni bilish demakdir. O'quvchining bilimi chuqur va xar tomonlama bo'lishi lozim. Maktab ta'limi sharoitida bilimning chuqurligi muayyan fanning taraqqiyoti darajasiga, shu bilan birga maktab ta'limining maqsad va vazifalariga hamda o'quvchining o'sishiga qarab turlicha bo'ladi. Bilimning chuqurligi o'qitish usuliga, o'quvchilarning xususiyatlariga, aqliy taraqqiyotiga bog'liqdir. O'quvchilarning bilimi hayot tajribalari bilan boglangan bo'lishi lozim. O'zlashtirish muayyan bilim, ko'nikma va malakalarini egallashga qaratilgan, muayyan maqsadga tayangan bilish faoliyatidir. O'zlashtirish, muayyan maqsadga pedagogik taxsir tariqasida o'quvchilar ongida, ularning o'qish va amaliy faoliyatida o'z ifodasini topadi. O'QISh faoliyati shaxs kamolotida katta rolg o'ynaydi va muhim mano kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar malaka va turli ko'nikmalar o'zlashtiriladi. Bolalarning ongli maqsadga yo'naltirilgan o'qish faoliyati ularning maktabga kirib, ta'lim olishga kirishilganidan keyin boshlanadi. O'qish faoliyati jarayonida yuqori faollik uy vazifalarini sistemali va mustaqil bajarib borishiga odatlantirish, o'quvchilarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.16 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.16 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga