O'qitish metodlari va ularning tasnifi

O'qitish metodlari va ularning tasnifi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qitish metodlari va ularning tasnifi - rasmi

Material tavsifi

O'qitish metodlari va ularning tasnifi Reja: 1) O'qitish metodi tushunchasi va uning turlicha talqin etilishi. 2) O'qitish metodi - metodik sistemaning bir komponenti sifatida. 3) O'qitish metodlari tasnifi. 4) Boshlang'ich sinf matematika darslarida qo'llaniladigan o'qitish metodlari va ularning tadbig'i. Foydalanilgan adabiyotlar: 1) Методика начального обучения математики под редак. Л.Н.Скаткина, Москва, Просвещение, 1972. 22-27-бетлар. 2) М.А.Бантова, Г.В.Бельтюкова, А.М.Полевшикова Бошланғич синфларда математика ўқитиш методикаси. Тошкент, Ўқитувчи, 1983. 8-15-бетлар. 3) М.И.Моро, А.М.Пишкало Методика обучения математики в I-II классах. Москва, Просвещение, 1978. 5-10-бетлар. 4) L.Sh.Levenberg, M.G'.Ahmedjanov, A.Nurmatov Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi Toshkent O'qituvchi, 1985. 23-43-betlar. 5) N.U.Bikbayeva, F.I.Sidelnikova, G.A.Adambekova Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi Toshkent. O'qituvchi 1996 yil. 45-54 betlar. 6) O'.Q.Tolipov, M.Usmonbayeva Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari Toshkent Fan 2006 yil, 3-bob, 149-183-betlar. 7) Sh.R.Rayxonov Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish usuliyoti (ma'rurazalar matni) 1-qism. Buxoro 2004. 54-70-betlar. 8) M.Jumayev, Z.Tojiyeva Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi Toshkent, Fan va texnologiya 2005 y. 30-47-betlar. 9) Boshlang'ich sinf matematika darsliklari (I, II, II, IV sinflar uchun). 10) Boshlang'ich ta'lim jurnali maqolalari 2008 y. 2-son, 30-31-betlar (Gulchehra Xo'jayeva maqolasi) 2008 y. 2-son, 22-23-betlar (M.Zayniddinova maqolasi) 2008 y. 4-son, 30-31-betlar (Zebo Qutliyeva maqolasi) 2008 y. 6-son, 30-31-betlar (Iroda Xolmirzayeva maqolasi) 2008 y. 11-son, 26-27-betlar (Xolida Yo'ldosheva maqolasi) 11) O.Roziqov, M.Maxmudov, B.Adizov, A.Hamroyev Ona tili didaktikasi Toshkent, Yangi asr avlodi. 2005. V bob. 100-126-betlar. Metod (grekcha metodos so'zidan olingan bo'lib, aynan, u yoki bu narsaga, haqiqatga yo'l demakdir) maqsadga erishish usuli, tartibga solingan faoliyat ma'nolarini anglatadi. Metod tushunchasi pedagogika, psixologiya va xususiy metodikalarning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, turli pedagog va metodist olimlar tomonidan turlicha talqin etib kelinmoqda. Pedagogik ensiklopediyada izohlanishicha, ta'lim metodi - o'qituvchi va o'quvchining ta'lim mazmunini o'zlashtirishga qaratilgan o'zaro aloqador, ma'lum ketma-ketlikdagi faoliyat tizimidir. G.L.Shukinaning Pedagogika kitobida o'qitish metodiga quyidagicha ta'rif beriladi. O'qitish metodlari bu darsda o'quv-tarbiya maqsadlariga qaratilgan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi ish faoliyatidir. O.Roziqov, M.Maxmudov, B.Adizov, A.Hamroyevlarning Ona tili didaktikasi darsligida ta'lim metodiga quyidagicha ta'rif keltirilgan: Ta'lim metodi - o'qituvchi va o'quvchilarning ma'lumot mazmuniga yo'nalgan faoliyatini tartibga solish yo'lidir. L.N.Skatkin o'zining kitobida o'qitish metodiga quyidagicha ta'rif berdi: O'qitish metodlari - bu darsda o'quvchilar bilish faoliyatlarini tashkil etish usulidir. Bu ta'rifga buyuk psixolog I.Ya.Lerner ham qo'shiladi. Lekin, uslubshunos olim Nikandirov o'zining doktorlik dissertasiyasida o'qitish metodlariga ta'rif berar ekan O'qitish metodlari bu darsda o'quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish usullaridir deb ta'kidlaydi. Moskva shahridagi O'qitish mazmuni va metodlari ilmiy tadqiqot ishlari institutining biologiya sektorida o'qitish metodlariga quyidagicha ta'rif berildi: O'qitish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 260.58 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 260.58 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga