O'qitish metodlari va uni turlari Reja: ta'lim metodlarining klassifikatsiyasi. O'qitishning zamonaviy metodlari Dars jarayonlarida o'qitishni faol metodlaridan foydalanish. O'qitishni tashkil etish shakllari O'qitish (ta'lim) metodi ko'pincha o'qituvchining o'quvchilar bilimlarni chuqur, ongli va mustaqil egallab olishlariga qaratilgan va o'quvchilar bilish faoliyatini boshqarishni ta'minlaydigan faoliyat usullari sifatida ta'riflanadi. MYeTOD-yunoncha atama bo'lib, u maqsadga erishish yo'lini bildiradi - muayyan manoda tartibga solingan faoliyat. O'qitish metodlari o'quv jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. ta'lim metodi, bu o'qituvchi va o'quvchining tartibga solingan o'zaro aloqadagi faoliyati, o'qitish jarayonida ta'lim va rivojlanish masalalarini hal qilishga qaratilgan faoliyatdir ta'lim metodlari hozirgi vaqtda quyidagicha klassifikatsiyalanadi: a) bilim olishning asosiy manbai bo'yicha (og'zaki, ko'rgazmali va amaliy); b) o'qituvchi faoliyati shakllari bo'yicha (o'qitish metodlari) va o'quvchilar faoliyatining shakllari bo'yicha (ta'lim (olish) metodlari); v) fikrlash, eslab qolish va bilim olish faolligining xarakteri bo'yicha (reproduktiv, izohli-ko'rgazmali, muammoli-izlanishli, tadqiqotli); g) xulosa chiqarish turlari bo'yicha (induktiv, deduktiv). O'qitishning og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlar. Agar o'quvchilar asosiy o'quv axborotini o'qituvchining og'zaki mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik matnlari asosida olsalar, bunday metodlar og'zaki: tushuntirish, hikoya, suhbat, bayon, izoh, va hokazo metodlar jumlasiga kiradi. Og'zaki metodlardan foydalanish jarayonida ko'rgazmali qurollardan foydalanish mumkin. Ammo, ular yordamchi o'rin o'ynaydilar Ko'rgazmali metodlar deganda ta'lim jarayonida qo'llaniladigan ko'zgazmali qurollar va texnika vositalariga ko'p darajada bog'liq bo'lgan o'quv materialini o'zlashtirish shakllari tushuniladi. Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida o'quv materialini egallash shakllari ta'limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. O'quvchilarning o'quv materialini egallashlari asosan xotiraning eslash funksiyasiga asoslangan metodlar reproduktiv metodlar deyiladi. Izohli-ko'rgazmali metodlar yangi mazmunni o'rganishning turli shakllarida foydalaniladi. Izohli-ko'rgazmali metodlar ikki qismga bo'linadi: birinchi qismda nazariy ma'lumotlar berilsa, ikkinchi qismda og'zaki tarzda ham, ko'rgazmali qurollar yordamida ham ma'lumotlar beriladi. Muammoli-izlanishli metodlar. O'quvchilar ongida problemali vaziyat yoki ilmiy izlanishlarni tashkil etuvchi metodlar muammoli-izlanishli metodlar deyiladi. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida ayrim tadqiqot vazifalari va ishlarni bajarishlari, mustaqil kuzatishlar, ularni yozish va natijalarni tahlil qilishlari kabi metodlar tadqiqot metodlari deyiladi. Shuningdek, faol o'qitish metodlari - hozirgi vaqtda ta'lim muassasalarida o'qitishning ikki xil turi yani, an'anaviy va noan'anaviy o'qitishning zamonaviy metodlari qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. an'anaviy o'qitish jarayonida asosan o'qituvchi avtoritarlik bilan darsni olib borsa (subyekt-obyekt), noan'anaviy o'qitish jarayonida esa o'quvchi shaxsiga erkinlik berish, munosabatlarni demokratlashtirish (subyekt-subyekt) asosida dars jarayonlari tashkil etiladi. an'anaviy (sust) va noan'anaviy (faol) o'qitish jarayonida o'quvchilar bilimlarini o'zlashtirish samaradorligini orqali ko'rishimiz mumkin. Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi faol o'qitish metod (usul) laridan foydalanish mumkin : Aqliy xujum. Bu usulda o'qituvchi tomonidan muammoli ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.15 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.15 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: doc