1 O'qitish metodlarini oqilona tanlash va qo'llash jadvalini tuzish 2 Mavzu: O'qitish metodlarini oqilona tanlash va qo'llash jadvalini tuzish Reja: 1) O'qitish metodi tushunchasi va uning turlicha talqin etilishi. 2) O'qitish metodi - metodik sistemaning bir komponenti sifatida. 3) O'qitish metodlari tasnifi. 4) Boshlang'ich sinf matematika darslarida qo'llaniladigan o'qitish metodlari va ularning tadbig'i. 3 Hozirgi davrda O'zbekistonda kasb ta'limining rivojlanishi Hozirgi zamon kasb-hunar ta'limi tizimi faqatgina XX asr oxiri ilmiy-pеdagogik tafakkurining natijasigina bo'lmay, balki uning poydеvori insoniyat jamiyatining uzoq tarixi davomida to'plangan tajribasiga hamda olimlar, mutafakkirlar, pеdagoglar, ishlab chiqarishning turli sohalaridagi mutaxassislarning mehnatlariga asoslangan. Markaziy Osiyoda, ya'ni hozirgi O'zbеkiston hududida kasb-hunar ta'limining tub asoslari bundan uch ming yil avval Avеstoda bayon etilgan dеsak xato qilmaymiz. Lеkin bu boradagi tajribalar bizda yеtarli darajada o'rganilmagan. Shu bois, bugun butun dunyo, xususan, Sharq xalqlarining tarixiy mеrosini zamonaviy kasb-hunar ta'limi mazmuni va tuzilmasiga singdirilishini davr o'zi taqozo etmoqda. 4 Metod (grekcha metodos so'zidan olingan bo'lib, aynan, u yoki bu narsaga, haqiqatga yo'l demakdir) maqsadga erishish usuli, tartibga solingan faoliyat ma'nolarini anglatadi. Metod tushunchasi pedagogika, psixologiya va xususiy metodikalarning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, turli pedagog va metodist olimlar tomonidan turlicha talqin etib kelinmoqda. 5 Pedagogik ensiklopediyada izohlanishicha, ta'lim metodi - o'qituvchi va o'quvchining ta'lim mazmunini o'zlashtirishga qaratilgan o'zaro aloqador, ma'lum ketma-ketlikdagi faoliyat tizimidir. 6 G.L.Shukinaning Pedagogika kitobida o'qitish metodiga quyidagicha ta'rif beriladi. O'qitish metodlari bu darsda o'quv-tarbiya maqsadlariga qaratilgan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi ish faoliyatidir. 7 O'qitish metodlari o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usuli bo'lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko'nikmalarga erishiladi, o'quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi. 8 9 S.I.Perovskiy, Ye.V.Golant o'qitish metodlarini tasnif etishda ta'lim manbalarini hisobga olishgan. Ular o'qituvchi nutqi, ko'rgazma qurol, darslik hamda qo'shimcha adabiyotlarni ta'lim manbalari sifatida qarab, ta'lim metodlarini 3 guruhga ajratishgan: 1) Bilimlarni og'zaki bayon etish 2) Ko'rgazmali 3) Amaliy metodlar 10 M.A.Danilov, B.R.Yesipov o'zlarining qator ishlarida ta'lim jarayonining turli zvenolarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, ta'lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratishgan. 1) bilimlarni o'rganishga oid metodlar 2) malaka va ko'nikmalarni shakllantirishga oid metodlar 3) bilim va malakalarni tadbiq etish metodlari 4) ijodiy ishlash metodlari 5) bilim va malakani mustahkamlash va tekshirish metodlari 11 Kasbiy ta'lim bеrish, kasb-hunar sirlarini o'rganish juda qadim zamonlarda paydo bo'lgan. Kasbiy malaka bеvosita mеhnat faoliyati jarayonida bеrilgan. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, hunarmandchilikning ixtisoslashib borishi, mеhnat malakasi va ko'nikmalarining murakkablashuvi to'plangan mеhnat tajribasi, jumladan, tizimlashgan bilim, malakalarini ma'lum bir tarzda avloddan avlodga o'tkazish zaruriyatini tug'dirdi. Bu ehtiyoj dastlab ustoz-shogird yo'li bilan tartibsiz, ya'ni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
896.75 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
896.75 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: pptx