O'qitish natijalarini nazorat qilish

O'qitish natijalarini nazorat qilish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qitish natijalarini nazorat qilish - rasmi

Material tavsifi

O'qitish natijalarini nazorat qilish Reja: Kimyo va biologiya o'qitish natijalarini nazorat qilishning mazmuni, maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Kimyo va biologiya o'qitish natijalarini nazorat qilishning shakli va usullari. Test turlari va uni o'quv jarayonining turli bosqichlarida nazorat qilishda qo'llanilishi. Maqsad: O'quvchilar o'zlashtirishini nazorat qilish usullari bilan tanishtirish va o'quvchilar bilimini baholashni o'rgatish. 7.1. Kimyo o'qitish natijalarini nazorat qilishning maqsadi, shakli va turlari, ahamiyati. O'quvchilarning o'zlashtirishini nazorat qilish o'quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Uning vazifasi o'qitish maqsadi qaysi darajaga yetgan-yetmaganligini aniqlashdir. O'rta maktabda o'quvchilarning bilimini nazorat qilish o'qitish xarakteriga ega bo'lganligi uchun nazorat qilish usullari boshqa o'qitish usullari bilan chambarchas bog'langan. O'quvchilar bilimini nazorat qilish vaqtida ham o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish funksiyalari bajariladi. O'qitish ahamiyati shundaki, o'quvchi o'z bilimi va ko'nikmalarini doim to'g'rilab turishining imkoni bo'ladi .O'quvchilar bilimini nazorat qilishining tarbiyaviy ahamiyati juda katta . Doimiy tekshirishlar o'quvchini sistematik ravishda ishlashga o'rgatadi, olingan bilim va ko'nikmalarini amalda qo'llay oladi.O'quvchilarda mas'uliyatlilik, maqsad sari yo'nalish, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yengish va boshqa ma'naviy fazilatlar shakllanadi. O'quvchilar bilimini nazorat qilishda ularni rivojlantiruvchi ahamiyatiga alohida e'tibor beriladi. O'quvchilarning fikrlash qobiliyati, analiz, sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlik kiritishlar ham alohida nazorat qilinadi. Kimyo o'qitish natijalarini nazorat qilishning shakllari xilma-xil bo'ladi. Bu nazoratning tashkil qilinishiga- individual, frontal, guruh va differentlashgan, yoki bajarilishiga bog'liq.-og'zaki, yozma, eksperimental bo'lishi mumkin. Baholash - joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o'z ichiga oladi. Joriy nazorat talabaning o'zlashtira borayotganidan muttasil xabardor qilib turadi, odatda joriy nazoratda bolaning bilimiga baho qo'yilmaydi, intilishlari ma'qullanib boriladi, shu tariqa u bilimlarni shakllantirishda ishtirok etadi. Pedagogik texnologiyadan xabardor bo'lib borish ta'limda yo'l qo'yilgan xatoni tuzatish uchungina emas, ta'lim maqsadlarini aniqlashda ham xizmat qiladi. Yakuniy nazoratda rejalashtirilgan ta'lim maqsadiga erishilgani baholanadi. Nazorat og'zaki, yozma yoki test shaklida bo'lishi mumkin. Bundan tashqari didaktikada nazorat turlari mavjud, ular didaktik funksiyasiga bog'liq: mavzu o'qitishdan oldin, dars vaqtida, chorak yoki yarim yillik, yil oxirida. Nazorat qilish usullari. Og'zaki nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish usullari: a) individual so'rash b) frontal so'rash v) og'zaki sinovlar g) og'zaki imtihon d) dasturlashtirilgan so'rash e) og'zaki o'z-o'zini nazorat qilish. Yozma nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish usullari: a) yozma nazorat qilish b) yozma sinovlar v) yozma imtihon g) dasturlashtirilgan yozma ishlar d) yozma ravishda o'z-o'zini nazorat qilish. Amaliy-laboratoriya nazorati va o'z-o'zini nazorat qilish usullari: a) kontrol - laboratoriya ishlari b) ENM yordamida nazorat qilish v) eksperimental masalalar yechish g) amaliy-laboratoriya ishlari yordamida o'z-o'zini nazorat qilish. O'quv vaqtining juda cheklanganligi tufayli o'qituvchi dars vaqtida hamma o'quvchilarni so'rab chiqa olmaydi, shuning uchun o'quvchilarning butun ishi davomida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.23 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.23 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga