O'qitish prinsiplari RYeJA: 1 ta'lim qonuniyatlari tarbiyaning ajralmas qismi ekanligi. 2 Sharq va G'arb olimlari ta'lim prinsiplari (Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Komenskiy) 1 ta'lim qonuniyatlari tarbiyaning ajralmas qismi ekanligi. ta'limning quyidagi qonunlari mavjud: tarbiyalovchi ta'lim qonuni; har qanday ta'lim faqat o'qitayotgan, o'qiyotgan va o'rganayotgan obyektiv malum bir maqsadga yo'naltirilgan o'zaro ta'siri yordamida amalga oshiriladi; ta'lim faqatgina o'qituvchining faoliyati va o'y fikrlariga muvofiq ravishda o'quvchilarning faol faoliyatlari davomida yuz beradi; o'quv jarayoni o'qituvchi hamda o'quvchining maqsadlariga muvofiq kelgan holda yuz beradi; alohida bu shaxsni u yoki bu faoliyatini o'rganishga yo'llash uni ushbu faoliyatga jalb etish orqali erishiladi; ta'limning maqsadi, bilim olishning mazmuni va ta'lim metodlari orasida doimiy bog'liqlik mavjud bo'ladi; ta'limning maqsadi ta'lim mazmuni va metodini belgilab beradi. ta'lim jarayoni qonuniy ravishda u sodir bo'ladigan, amalga oshadigan tashqi shart-sharoitlarga ham bog'liqdir. Maktabda ta'lim uchun muvofiq keladigan maxsus o'quv-moddiy, axloqiy-ruhiy va estetik shart-sharoitlar yaratish kerak. ta'lim o'qituvchilarni o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Inson va uning o'quv-bilish faoliyati haqida hamma fanlarning yutuqlari bizning didaktik qonuniyatlar haqidagi tasavvurlarimizni boyitishga ta'sir ko'rsatadi. ta'limning qonuniyatlaridan didaktikaning prinsiplari kelib chiqadi. ta'lim va tarbiya tushunchalari bir-biriga chambarchas bog'liq tu- shunchalardir. Bizning mustaqil Respublikamiz misolida ta'lim va tarbiya umuminsoniy qadriyatlarga yo'naltirilgan bo'lib, o'quvchilarda barcha insonlarga mos ijobiy xislatlarni shakllantirishni ko'zda tutadi. Istiqlol mafkurasi o'zbekona ta'lim tarbiyaning asosi qilib olinadi.Shu Vatan barchamizniki, Vatanni sevmok iymondandir g'oyalari, xur O'zbekiston madxiyasi, O'zbekiston Respublikasi milliy bayrogi ta'lim va tarbiyaning asosi hisoblanadi. Mustaqillik-islohot-ta'lim-tarbiya, bular bir-biriga egizakdir. Shuning uchun ta'lim jarayonida o'tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlari to'g'ri belgilash va uni ta'lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta'minlash juda muhim va xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. ShARQ VA G'ARB OLIMLARI ASOSIDA TA'LIM PRINSIPLARI (FAROBIY, BYeRUNIY, IBN SINO, KOMYeNSKIY) Sharq va G'arb olimlari asoslarida ta'lim prinsiplari.Ulg Sharq mutafakkiri Abu Nasr al-Farobiy (870) 160 dan ziyod ilmiy maqola va asarlar yozgan. Ular orasida Taxlisu Navomisu Aflotun (Aflotun qonuniyatlarining mohiyati), Baxt-saodatga erishuvchi risola kabi o'nlab asarlari etiborga molikdir. Al-Farobiy fikriga ko'ra, ta'limning asosiy shakli ishontirish metodlaridir. Ulguradiganlar uchun-mavxum fikrlar yordamida, o'rtachalar uchun-ko'rgazmalar yordamida, yani obrazli shaklda amalga oshirish lozim. O'rganish baxt keltirishi kerak. Al-Farobiyning ushbu tezisi o'qishda keyinchalik bo'lmasligi, balki quvonch va lazzat keltirishi, kamolotga etishuviga hamda haqiqiy baxtga erishuviga olib borishi lozim deb ko'rsatadigan bugungi kunning pedagog-novatorlari g'oyalariga qo'shilib ketadi. Abu Ali Ibn Sino X1 asr boshlarida yashab ijod etgan mutafak- kirdir.Uning 300 dan ortiq ilmiy asarlari mavjud. Bu asarlarning negizida inson kamoloti va tarbiyasi masalalari alohida o'rin tutadi.U ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.2 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.2 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: doc