o'qitish texnologiyalarini loyihalash Reja: 1. o'quv maqsadlarini ko'yishning an'anaviy usullari. 2. o'quv maqsadlarining shajarasi. 3. Identifikatsiyalanadigan o'quv maqsadlarni shakllantirish (pedagogik maqsadlar taksonomiyasi). 4. B. Blum taksonomiyasi va undan test topshiriqlarini ishlab chiqishda foydalanish. Tayanch tushunchalar va iboralar: aniq ifodalangan maqsadlar; pedagogik texnologiya falsafasi; maqsadlarni aniklashtirishning o'ziga xos pillapoyasini ko'rish; o'quv predmetining maqsadi; o'quv maqsadlarining shajarasi; o'quv predmeti bo'limlari va mavzularining maqsadlari; pedagogik maqsadlar taksonomiyasi; yuqorida qayta-qayta takidlanganidek, Pedagogik texnologiya so'z birikmasi asosida Texnologiya, Texnologik jarayon tushunchalari yotib, ular aniq yakuniy natijaga erishishga yo'naltirilgan operatsiyalar tizimini ifodalaydi. Uni sanoatda texnik hujjat, pedagogik texnologiyada esa o'quv predmeti bo'yicha metodik ishlanma deb aytiladi. Pedagogik texnologiyani tushishning kaliti maqsadga ketma-ket ravishda erishishga yo'naltirilganlik, butun o'quv jarayonidan o'tadigan tezkor teskari aloqa hamda ta'lim oluvchining o'quv faoliyati orqali ta'lim berishdir. Bu esa pedagogik texnologiyaning asosiy falsafasidir. Mazkur tezisni batafsil karaymiz. Malumki, o'qituvchi odatda o'z oldiga o'quvchilarga o'quv materiali mazmunini tushuntirishni, malum bilimlarni o'zlashtirishini hamda ularni amalda ko'llayolishini o'rgatishni maqsad qilib ko'yadi. Ammo Tushunmok, O'zlashtirmok, Ko'llamok nimani bildiradi. Pedagog o'zi ko'ygan maqsadga erishganini qanday qilib muxokama qilishi mumkin. Agar ko'yilgan maqsadlarga erishaolganligini yoki erishaolmaganligini tasdiklovchi ishonchli usullar bo'lsa u holda pedagog o'zini metodlarini to'griligiga, o'z mehnatining samaradorligiga ishonib ish ko'radi yoki o'zining ishini to'grilash bo'yicha ishonchli ma'lumotlar oladi. ta'lim texnologiyasi tarafdorlari an'anaviy maktabni tanqid kilaturib xuddi shu aniq maqsadli idealni ko'zda tutgan edilar. Malumki, ta'limning an'anaviy usulida maktab, shu jumladan o'qituvchi xam jamiyatning maktabga bergan buyurtmasini umumiy tarzda oladi. Xatto, o'quv predmetlari dasturlarida aks ettirilgan maqsadlar xam aniq, bir manoda tushunishga imkon beradigan qilib ta'riflanmagan. Shu boisdan xam bu yerda maqsadlarni aniklashning o'ziga xos pillapoyasini ko'rish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan - ta'lim tizimi vazifalarigacha, undan-aniq o'quv yurti vazifalarigacha va o'quv predmetlari majmuasi va aniq o'quv predmetining umumiy maqsadlari. Biz bu yerda o'quv predmeti va uning tematik bo'limlari darajasida o'quv maqsadlarini ko'yish ustida to'xtaymiz. Chunki o'qituvchi shu darajada predmet va uning bo'limlari mazmuni bilan bevosita shugullanadi, o'quv maqsadlarini aniklashtiradi, o'quv jarayonini loyihalaydi va shu asosda uni tashkil etadi. Jamiyatning umumiy talablaridan ta'lim tizimi vazifalariga, ulardan aniq o'quv yurti vazifalariga, o'z navbatida xar bir o'quv predmeti, uning tematik bo'limlariga va alohida o'quv masalalarining vazifalariga o'tiladi (3-rasm) Bo'lim (modul)larning o'quv maqsadlari Xususiy o'quv maqsadlar 3-rasm. o'quv maqsadari shajarasi. Klarin M.V. pedagoglar tomonidan ko'yiladigan o'quv maqsadlarni ko'yidagi tipik usullarini karaydi (pedagogikheskaya texnologiya v uchebnom protsesse. - M.: Znanie, 1989): 1. maqsadlarni o'rganiladigan mazmuni orqali aniqlash. Masalan, Nyutonning ikkinchi qonunini o'rganish, yoki birinchi bobning mazmunini o'rganish. maqsadni ana shunday ko'yish mashg'ulotlarda karaladigan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.02 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.02 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: doc