O'qitishda ko'rsatma, qo'llanmalar va texnika vositalaridan foydalanish

O'qitishda ko'rsatma, qo'llanmalar va texnika vositalaridan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qitishda ko'rsatma, qo'llanmalar va texnika vositalaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

O'qitishda ko'rsatma, qo'llanmalar va texnika vositalaridan foydalanish Reja: Ko'rsatmalilik prinsipi Ko'rsatma qo'llanmalar O'qitishning texnika vositalari Ko'rgazmali qurollar O'quv kinosi O'qituvchilar o'quvchilarga o'quv materialini bayon etishda didaktikaning eng muhim prinsiplaridan biri - ko'rsatmalilik prinsipdan foydalanadilar. O'qitishning ko'rsatmaliligiga sabab insonning fikrlash xususiyatidir. Bu xususiyat asosan aniqdan abstraktga tomon rivojlanadi. Tushunchalar va obstrakt qonun-qoidalar aniq kuzatishlar natijalariga asoslansa hamda ular bilan mustahkamlansa, ancha oson va tez shakllanadi. Kishilarda tafakkurning rivojlanishi ularning yoshiga, xayot va ish tajribasiga va boshqalarga boғliq. Ammo bizning tafakkurimiz rivojlanishning qaysi bosqichida bo'lmasin hamda biz qanchalik murakkab masalalarni o'rganmaylik, aniq faktlar va timsollardan ajralib kolmasligimiz kerak. Ko'rsatmalilik prinsipi o'qituvchining xilma xil o'quv qo'llanmalari va o'qitishning audiovizual (eshitish, kurish) texnika vositalaridan foydalanishda ularning pedagogika jixatidan ma'qul tarzda yasalishida aks etadi. Ko'rsatma qo'llanmalar - o'quvchilarni o'rganiladigan ob'ektlar, hodisalar, jarayonlar to'ғrisida yaqqol tasavvurlar hosil qilish metodida o'qitish maqsadida ishlatiladigan vositalar. O'zlashtiriladigan bilimlar harakteriga, o'quvchilarda mavjud bo'lgan tasavvur, tushuncha, xayot va ish tajribasiga, darsning aniq vazifalariga qarab ko'rsatma, qo'llanmalar o'qitishda har xil rolni bajaradi. Ular bilimlar manbai sifatida, shuningdek o'qituvchi so'zlab berish, tushuntirish, suhbat vaqtida foydalanadigan rasm sifatida xizmat qilish mumkin. Ko'pincha, bu ikkala vazifa kompleks tarzda kelishi mumkin. Ob'ekt, hodisa va jarayonlarni kuzatib o'rganish pedagogika nuqtai nazaridan ideal hisoblanadi. Ammo o'rganilishi kerak bo'lganlarning ba'zilaridangina darsda foydalanish mumkin va ma'qul. SHu sababli, o'quv jarayonida tasviriy ko'rsatma qo'llanmalardan keng foydalaniladi. Ulardan quyidagi hollarda foydalaniladi: -o'rganiladigan ob'ektning asli juda katta yoki juda kichiq bo'lganda; -o'rganiladigan ob'ekt yoki hodisalarning aslini bevosita kuzatish mumkin bo'lmaganda; -tushunchani grafik tarzda tasvirlash talab etilganda; -murakkab ob'ektlarni oddiylashtirish yoki ishlash jarayonini ko'rsatish zarur bo'lganda. O'quvchilarga yangi materialni bayon etishda ko'rsatma qo'llanmalardan to'ғri va o'z vaqtida foydalanish katta ahamiyatga ega. Pedagogika fani va ilғor tajriba darsda ko'rsatma qo'llanmalar namoyish qilishga oid metodik talablar ishlab chiqdi, bu talablarga rioya qilish ularning didaktik qimmatini oshiradi. Avvalo shuni esda to'tish zarurki, ko'rsatma qo'llanmani namoyish qilish - maqsad bo'lmay, balki vositadir. Qo'llanmani ko'rsatish emas, balki u bilan ishlash kerak. O'rganilayotgan materialning mazmuni va darsga ajratilgan vaqt taqozo etgan hollardagina ko'rsatma qo'llanmani namoyish qilish tavsiya etiladi. Darsda namoyish qilinadigan qo'llanmalar soni o'quvchilar va o'quv materialini sifatli o'zlashtirishi uchun optimal bo'lishi lozim; darsda qo'llanmalardan xaddan tashqari ko'p foydalanish yaramaydi. Namoyish qilinayotganlarini idrok etish jarayonida o'quvchilar sezgi organlarining kurish, eshitish, sezish, zarur hollarda esa tam bilish va xid bilish organlarining ko'pini jalb etish kerak. O'qituvchi so'zi bilan ko'rsatmalilikning to'ғri kushib olib borilishi katta ahamiyatga ega. Ko'rsatma qo'llanmalarni idrok etishning asosi birinchi signal sistemadir, ammo ikkinchi signal sistema uning signallariga tartibga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.57 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.57 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga