O'qitishni tashkil etishni boshqa shakllari Reja: 1. O'qitishni tashkil etishni boshqa shakllari 2. O'qituvchi nutqining texnikasi. O'quvchilarning yangi bilimlarini suhbat usulida bayon etish O'qitishni tashkil etishni boshqa shakllari ilg'or o'qituvchilar o'quv jarayonining yangi strukturasini o'qitishga tobora keng tadbiq etmokdalar. Bu strukturaga ko'ra, bilimlarni uzlashtirish va o'quv hamda malakalar hosil qilish o'quvchilarning mustaqil amaliy va aqliy faoliyatlari natijasida sodir bo'ladi. Muammoli vaziyatlar yaratish, ularni hal qilish yo'llarini izlash va aniqlash, muammoni hal qilish jarayonining o'zi, chikarilgan xulasalarni kanchalik to'g'ri ekanligini amalda tekshirib ko'rish o'quv jarayonining muhim elementlari bo'lib kolmokda. Muammoli jarayon hosil qilish o'quvchilar aktiv aqliy faoliyatning zarur shartidir. O'quvchi oldiga muayyan vazifa kuyiladi, bu vazifa unda kizikish uygotadi va o'quvchi bu vazifani hal qilishga urinadi, ammo o'z bilimlari hamda tajribalari etarli darajada tula va chuqur emasligini paykaydi, yani aniq qiyinchilikka duch keladi. O'quvchida hosil bo'lgan vaziyatdan chiqish yo'lini topishdek ichki ehtiyoj paydo bo'ladi, qiyinchilikni his etish paydo bo'lgan sharoitni analiz qilishga va kuyilagn masalani yechish yo'llarini topishga undaydi. Shunday qilib, bilish lozim bo'lgan va amaliy vazifalar bilan o'quvchilarning bilimlari darajasi orasida ziddiyatlar paydo bo'ladi, bu ziddiyatlar yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etishga qaratilgan intensiv fikrlash faoliyatini uygotadi. O'quv materialini bayon etishning muammoli tuzilishini chuqurrok bilib olish uchun fikrlash jarayonining bazi qonuniyatlarini ko'rib chiqamiz. Bu sohada olib borilgan eksperimental tadqiqotlar shuni kursatadiki, fikrlash va yangi bilimlarni uzlashtirish jarayoni qonuniyatlari bir-biriga malum darajada to'g'rikeladi. Fikrlashdagi harakatlar narsani, hodisani uzgartirishning shunday amaliy hamda nazariy usullarini o'z ichga oladiki, bo'lar uning yangi xossalari va yangi nisbatlarini paykashga olib keladi. Fikrlashning asosiy vazifasi yangi bilimlarni va yangi harakat usullarini egallashga imkoniyat yaratishdan iborat. Shu bilan birga, insonning bilimlari tafakkurining pirovard natijasi, bilishning asosiy vositasidir. Inson yangi narsani uziga ilgari malum bo'lgan narsa asosida biladi. Inson malum bo'lgan narsaga tayanibgina uzining bilish faoliyatida ilgari siljiydi. Insonning bilimlari kanchalik aniq va chuqur bo'lsa, uning faoliyati shunchalik mukammal, mehnati unumli bo'ladi. Inson bilimlar sistemasini bilib olar ekan, ayni zamonda bu bilimlarni ishlatish usullarini, amaliy va nazariy masalalarni yechishda bilimlardan foydalanish uchun zarur bo'ladigan intellektual harakatlarning murakkab sistemasini xam uzlashtiradi. Fikrlashdagi harakatlarni «dilda» bajarishga qaratilgan aqliy operatsiyalar sistemasi, debgina tushunish yaramaydi. Tafakkur amaliy yoki nazariy harakatdan ajralmasdir, u insonning butun faoliyatiga xizmat qiladi, inson o'z oldiga vujudga keladigan muammolarni yechishning tayyor usullariga ega bo'lmagan yoki harakatlarni bajarishning yangi usullarini topishi zarur bo'lgan xollarda uning faoliyatini tartibga solishga yordam beradi. Fikrlash jarayoni amalga oshadigan asosiy forma muammolarini, yani bilish lozim bo'lgan, echilish yo'li nomalum yoki mavjud bilim hamda malakalarni yangi, odatlanilmagan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.85 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.85 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: doc