O'qitishning ayrim zamonaviy shakllari

O'qitishning ayrim zamonaviy shakllari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qitishning ayrim zamonaviy shakllari - rasmi

Material tavsifi

O'qitishning ayrim zamonaviy shakllari RYeJA: 1.Masofaviy va modulli o'qitish va ularning rivojlanish bosqichlari 2. Masofaviy ta'lim tizimi va o'qitishning texnik vositalari 3. Masofaviy o'qitishning axborot-texnologik asoslari. Masofaviy va modulli o'qitish va ularning rivojlanish bosqichlari Masofaviy o'qitish-yangi va ancha progressiv bo'lgan o'qitish shaklidir. Bu usulning turli xil ta'lim muassasalariga, xususan, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy sohalarga tadbiqi o'quvchi-talaba va o'qituvchi(pedagog)larni dunyoning ilg'or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o'quv-uslubiy ishlanmalari, zamonaviy va so'nggi axborotlaridan, qaerda bo'lishidan qatiy nazar, to'g'ridan-to'g'ri foydalanish imkoniyatini beradi. Bularning barchasini etiborga olgan holda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi «Ustoz» fondi qiyofasida jahon institutlari bilan oliy ta'limda masofaviy o'qitish usuli komponentlarini tatbiq qilish haqida kelishuv tuzildi. Bunday loyiha, nafaqat O'zbekiston uchun, balki O'rta Osiyoning barcha hududlari va Qozog'iston hamda hamdo'stlik davlatlari uchun masofaviy o'qitish sohasida jahon banki institutining ilg'or loyihalaridandir. Jahon banki loyihasi masofaviy o'qitish tizimini rivojlantirish uchun boshlang'ich maydon bo'ladigan masofaviy o'qitish tarmoqlari infratuzilmasi baza elementlarini yaratish, masofaviy o'qitish usullarini qo'llash sohasini kengaytirish va masofaviy o'qitishni amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Toshkent shahrida joylashgan universitetlarda jahon banki loyihasining muvaffaqiyatli qo'llanilishi uning hayotiyligi va yuqori ko'rsatkichga erishilganligini tasdiqladi. Oliy o'quv yurtlaridan 30 nafardan ortiq yetuk o'qituvchilar tanlab olinib, ular masofadan o'qitishlar bo'yicha qayta tayyorlandi. 200 yilda jahon banki tashabbusi bilan Moskva va Bishkekda o'qitish markazlari tashkil etilib, unga taklif etilgan qatnashchilar yangi o'quv metodologiyasini masofadan rejimli boshqarish va elektron kurslari metodlari bo'yicha qayta tayyorlandi. Loyihaning universitet ishtirokchilari uchun iqtisodiy yo'nalishlar bo'yicha masofaviy o'qitish tartibida mashg'ulotlar o'tkazish uchun texnik baza vositalari tashkil etildi. Internetga ulanish yo'llari izlanmoqda. Bularning barchasi berilgan texnologiya turlarining istiqbollari to'g'risida gapirishga imkon beradi. Masofaviy o'qitishning an'anaviy o'qitish shakllaridan quyidagi xususiyatlarini farqlash mumkin; Egiluvchanlik. O'ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o'qitish imkoniyatini beradi. Modullik. O'quv kursiga bog'liq bo'lmagan holatda shaxsiy hamda guruh talabiga javob beradigan o'quv rejasini amalga oshiradi. Qurshov. Bir vaqtda ko'p ishtirokchilarga o'quv axboroti bo'yicha murojaat qilish, tarmoq yordamida o'zaro axborot almashinuvini to'g'ri tashkil etish imkonini beradi. Tejamkorlik. O'quv maydonlari, texnik vositalar, moddiy va ma'naviy ashyolardan unumli foydalanish, o'quv axborotlarini to'plangan va bir xillikka keltirilgan holda ifodalash hamda ularni o'zlashtiruvchi mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha xarajatlarni kamaytiradi. Texnologiklik. ta'lim berish jarayonida insonni jahonning industrial fazosiga kiritishga imkon beradigan yangi axborot va telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanish. Ijtimoiy teng huquqlilik. O'qituvchining turar joyidan, salomatligi, moddiy ta'minlanganligidan kelib chiqib, katta ko'pchilikka mustaqil ta'lim uchun teng imkoniyat yaratiladi. Baynalmilallik. ta'lim xizmatlari bozorida erishilgan yutuqlarning eksporti va importi ta'minlanadi. O'qituvchi(pedagog)larning yangi vazifalari. Masofaviy o'qitish o'qituvchi(pedagog)ning vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. O'qitilayotgan kurslarni doimo takomillashtirish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.29 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.29 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga