O'qitishning metodik usullarini tanlash

O'qitishning metodik usullarini tanlash

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qitishning metodik usullarini tanlash - rasmi

Material tavsifi

O'qitishning metodik usullarini tanlash Reja: O'qitishni tashkil etishning boshqa turlari Seminar mashg'ulotlari va konferensiyalar Rejalashtirilgan o'qitish O'quvchilarni yangi bilimlarni idrok etishga tayyorlash Ilg'or o'qituvchilar o'quv jarayonining yangi strukturasini o'qitishga tobora keng tadbiq etmokdalar. Bu strukturaga ko'ra, bilimlarni o'zlashtirish va o'quv hamda malakalar hosil qilish o'quvchilarning mustaqil amaliy va aqliy faoliyatlari natijasida sodir bo'ladi. Muammoli vaziyatlar yaratish, ularni hal qilish yo'llarini izlash va aniqlash, muammoni hal qilish jarayonining o'zi, chiqarilgan xulosalarni qanchalik to'g'ri ekanligini amalda tekshirib ko'rish o'quv jarayonining muhim elementlari bo'lib kolmokda. Muammoli jarayon hosil qilish o'quvchilar aktiv aqliy faoliyatning zarur shartidir. O'quvchi oldiga muayyan vazifa qo'yiladi, bu vazifa unda qiziqish uyg'otadi va o'quvchi bu vazifani hal qilishga urinadi, ammo o'z bilimlari hamda tajribalari etarli darajada tula va chuqur emasligini paykaydi, ya'ni aniq qiyinchilikka duch keladi. O'quvchida hosil bo'lgan vaziyatdan chiqish yo'lini topishdek ichki ehtiyoj paydo bo'ladi, qiyinchilikni his etish paydo bo'lgan sharoitni analiz qilishga va qo'yilagn masalani yechish yo'llarini topishga undaydi. SHunday qilib, bilish lozim bo'lgan va amaliy vazifalar bilan o'quvchilarning bilimlari darajasi orasida ziddiyatlar paydo bo'ladi, bu ziddiyatlar yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etishga qaratilgan intensiv fikrlash faoliyatini uyg'otadi. O'quv materialini bayon etishning muammoli tuzilishini chuqurrok bilib olish uchun fikrlash jarayonining ba'zi qonuniyatlarini ko'rib chiqamiz. Bu sohada olib borilgan eksperimental tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, fikrlash va yangi bilimlarni o'zlashtirish jarayoni qonuniyatlari bir-biriga ma'lum darajada to'g'rikeladi. Fikrlashdagi harakatlar narsani, hodisani o'zgartirishning shunday amaliy hamda nazariy usullarini o'z ichga oladiki, bo'lar uning yangi xossalari va yangi nisbatlarini paykashga olib keladi. Fikrlashning asosiy vazifasi yangi bilimlarni va yangi harakat usullarini egallashga imkoniyat yaratishdan iborat. SHu bilan birga, insonning bilimlari tafakkurining pirovard natijasi, bilishning asosiy vositasidir. Inson yangi narsani uziga ilgari ma'lum bo'lgan narsa asosida biladi. Inson ma'lum bo'lgan narsaga tayanibgina uzining bilish faoliyatida ilgari siljiydi. Insonning bilimlari qanchalik aniq va chuqur bo'lsa, uning faoliyati shunchalik mukammal, mehnati unumli bo'ladi. Inson bilimlar sistemasini bilib olar ekan, ayni zamonda bu bilimlarni ishlatish usullarini, amaliy va nazariy masalalarni yechishda bilimlardan foydalanish uchun zarur bo'ladigan intellektual harakatlarning murakkab sistemasini ham o'zlashtiradi. Fikrlashdagi harakatlarni dilda bajarishga qaratilgan aqliy operasiyalar sistemasi, debgina tushunish yaramaydi. Tafakkur amaliy yoki nazariy harakatdan ajralmasdir, u insonning butun faoliyatiga xizmat qiladi, inson o'z oldiga vujudga keladigan muammolarni yechishning tayyor usullariga ega bo'lmagan yoki harakatlarni bajarishning yangi usullarini topishi zarur bo'lgan hollarda uning faoliyatini tartibga solishga yordam beradi. Fikrlash jarayoni amalga oshadigan asosiy forma muammolarini, ya'ni bilish lozim bo'lgan, echilish yo'li noma'lum yoki mavjud bilim hamda malakalarni yangi, odatlanilmagan sharoitda tadbiq etishni talab qiladigan intellektual ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.3 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.3 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga