O'qitishning psixologik asoslari o'qituvchining o'quv faoliyati

O'qitishning psixologik asoslari o'qituvchining o'quv faoliyati

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qitishning psixologik asoslari o'qituvchining o'quv faoliyati - rasmi

Material tavsifi

O'qitishning psixologik asoslari o'qituvchining o'quv faoliyati Reja: O'qishning mohiyati va uning qonuniyatlari. ta'lim jarayonini boshqarish muammosi. ta'limni intensivlashtirish va aktiv, mustaqil, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish. ta'limni individuallashtirish va qobiliyatlarni rivojlantirish O'qishning mohiyati va uning qonuniyatlari 1997 yilda qabulqilingan ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida shaxs kamoloti asosiy masala sifatida etirof etilgan. Prezidentimiz I.A.Karimov: Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o'quv faoliyatida o'sishini takidlaydi. D.B.Elg'konin esa o'quv faoliyatining xususiyatlarini ko'rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o'zini namoyon bo'lish shakliga ko'ra ijtimoiyligini takidlaydi. O'quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o'quvchida o'zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan bo'lishi darkor. Bu motivlar bevosita o'quvchi shaxsining o'sishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lishi kerak. O'quv faoliyati ta'lim, o'qish va o'rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog'liqdir. O'qish va o'rgatish tushunchalari o'quv faoliyati bilan bog'liq bo'lib, ular bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga, o'rgatishga xizmat qiladi. O'quv faoliyatining besh elementi mavjud: O'quv motivlari. O'quv topshiriqlari. O'quv harakatlari. O'qituvchining nazorati. O'qituvchining baholashi. D.B.Elg'koninning takidlashicha, o'quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilarbajarilishini asta -sekinlik bilan o'quvchining o'zigao'qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o'tkazilishidir. ta'lim jarayoni besh elementdan iborat: ta'limning maqsadi - nima uchun o'qitish kerak? ta'limning mazmuni - nimaga o'qitish kerak? ta'limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo'llari. ta'lim beruvchi. O'quvchi. ta'lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo'lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o'zlashtirilishi: faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining o'zlashtirilishiga; maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to'g'ri tanlash va foydalanishga bog'liq. ta'lim jarayonining muvaffaqiyati: Motivatsiya. ma'lumot usullari. ma'lumotning tushunarliligi. Xotira. ma'lumotni qo'llash. ta'lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo'lib, ulardan biri: 1. Aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko'nikmalarni bosqichmabosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Galg'perin). P.Ya.Galg'perin nazariyasi bo'yicha bilimlarni o'zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga: Motivatsiya. Tushuntirish. Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish. Faoliyatni fikran bajarishkiradi. Ushbu nazariyada ta'limning uchta asosiy turlari ajratiladi: Birinchi turda -xatti-harakatlarni o'zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material etarli darajada anglanilmaydi, ta'lim oluvchi ta'limning asl mohiyatini tushunib etmaydi; Ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va to'la tushunilishi va material bilan bog'liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi; Uchinchi tur - tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni o'zlashtirilishini ta'minlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.87 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.87 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga