O'qittuvchining darsni tashkil etishdagi mahorati

O'qittuvchining darsni tashkil etishdagi mahorati

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qittuvchining darsni tashkil etishdagi mahorati - rasmi

Material tavsifi

O'qittuvchining darsni tashkil etishdagi mahorati Режа: Dars pedagogik faoliyatning asosi ekanligi. Novator pedagoglarning asosiy g'oyalari. Mahoratli o'qituvchining ta'lim vositalari Mahoratli o'qituvchining dars ishlanmasi. Darsni tashkil etishdagi asosiy talablar. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun har bir o'qituvchidan tashabbuskorlik, ijodiylik, mustaqil fikrlay olish, yechimlarning yangi, andozasiz yondashuvlarni talab qiladi. Maktabdagi dars pedagogik ijodkorlikning bosh plasdarmi hisoblanadi. Darsda o'qituvchining asosiy ehtiyoji: uzatish, berish, o'rgatish amalga oshiriladi. Yosh avlodga o'z bilim va tajribalarini uzatish jarayonida o'qituvchi o'z ijodkorligini namoyon qiladi. Dars ishlarida an'anaviy metodika bo'yicha ko'plab kamchiliklar haligacha yo'qolgani yo'q. Masalan, dars o'tish jarayonida ma'nosini anglamay, yod olish elementlari haligacha saqlangan. Ko'pchilik o'qituvchilar hozirgi zamon iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy hayotni yorita borib, yetilib qolgan muammolarni tahlil qilishga e'tibor berishmaydi, bapki o'quvchida materialning eng muhim joylarini yodlab olishni talab etadilar. Bunday dars berishdan qochish kerak. O'quv jarayonini tashkil etishga yangicha sifat yondashuvi kerak. Shuning uchun maktabdagi formapizmni bartaraf etishga qaratilgan yangi g'oyalar, konstruktiv holatlar pedagogik jamoatchilik tomonidan katta e'tibor bilan kutib olinmoqda. Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda, pedagogik hamkorlik haqida aytish o'rinli. Bunday pedagogik hamkorlikning mualliflari o'qituvchi-novatorlar V. F. Shatalov, ye. N. Lisenkova, P. I. Volkov, M. P. Shetinin va boshqalar haqida gapirish mumkin. Pedagogik hamkorlik metodikasiga tayanib ishlansa, ancha yengil bo'ladi. Bu yerda o'qituvchi hotirjam, bolalar ham xotirjam, o'zaro ishonch, ularga yengil, o'qituvchi ham xursand. Quyida o'qituvchi-novatorlarning pedagogik hamkorlikka asoslangan ijodiy laboratoriyalari ishi bilan tanishimiz. O'quvchilar bilan munosabat. O'qituvchi oldida o'quvchilarni ta'limning umumiy mehnatiga jalb etishdek muhim vazifa tu-radi. Pedagogik hamkorlik oldingi pedagogikadan, bolalarni o'qishga tortishda o'qituvchi va o'quvchining birgalikdagi mehnati asosiga qurilganligi bilan xarakterlanadi. O'quvchilar bilan munosabatda novatorlik yondashuvining mohiyati shundaki, ijtimoiy sharoitlarning o'zgarishi ta'lim tizimida adekvativ o'zgarishlarni talab etadi. V. I. Juravlevning ta'kidlashicha, hamkorlik pedagogikasi nafaqat munosabatlar, balki bilish operasiyasining tuzilishini, bilimlarni jamoa bo'lib egallash va mustaqil bo'lib yakka tartibda ishlashni (eng yaxshi sherik bo'lish uchun) ham talab etadi. Ixtiyoriy ta'lim olish. Hamkorlik pedagogikasining bu prinsipi o'quvchida qo'rqish hissini yo'qotish, erkin bo'lish, o'ziga ishonch uyg'otish, unda to'laqonli ijodiy ishlashga qobil insonni ko'rish, V.A.Suxomlinskiy so'zi bilan aytganda, muvaffaqiyatdan yuzaga kelgan ko'tarinkilik bo'lsa, o'sha yerda o'qishga qiziqish bo'ladi. Qiyin maqsad g'oyasi. Tajribani o'tkazuvchi o'qituvchilarning yozishicha, ularning ishlari an'anaviy darsdan shunisi bilan farq qiladiki, ular bolalar bilan hamkorlik g'oyasini quvvatlab turadi, bolalar oldiga ko'proq murakkab maqsadlarni qo'yadi, ularning o'ta murakkabligiga e'tiborni qaratadi va ushbu maqsad albatta amalga oshiriladi, bu o'rinda mavzu yaxshi o'zlashtirilgan bo'lishi kerak. Mazkur holatda o'quvchilarni maqsadning o'zigina emas, balki qiyinchiliklarni yengishga bo'lgan qat'iy ishonch ham birlashtiradi. Tayanch g'oyasi. O'qituvchi - novatorlar predmet-so'z axborot-lariga turli-tuman ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.23 KB
Ko'rishlar soni 30 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.23 KB
Ko'rishlar soni 30 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga