O'qituvchi - aktyor mahoratidagi uyg'unlik va uning pedagogik amaliyotdagi ifodasi

O'qituvchi - aktyor mahoratidagi uyg'unlik va uning pedagogik amaliyotdagi ifodasi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchi - aktyor mahoratidagi uyg'unlik va uning pedagogik amaliyotdagi ifodasi - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchi - aktyor mahoratidagi uyg'unlik va uning pedagogik amaliyotdagi ifodasi Режа: O'qituvchi va aktyor faoliyatidagi o'zaro aloqadorlik. K.S. Stanislavskiy ta'limoti va uning pedagogik faoliyatga tadbiqi. Maktabdagi o'quv -tarbiya jarayoni ko'p qirrali, murakkab va dinamik tarzda sodir bo'luvchi hodisa hisoblanadi. Bu esa har bir o'qituvchidan san'atkor bo'lishni talab etadi. Bundan ko'rinadiki, pedagogik faoliyat san'at ( teatr) bilan o'zaro aloqadaorlikka ega. Pedagogika nazariyasida o'qituvchi o'z navbatida aktyor hamdir deb ta'riflanishi bejis emas. Zero, pedagog va aktyor faoliyati ijodkorlikni talab etadi. Ma'lumki, teatr pedagogika nazariyasida K.S.Stanislavskiyning g'oyalar tizimi Aktyorlik ijodkorligi to'g'risidagi fan deb tan olingan. Uning ta'limotiga ko'ra har bir aktyorda nazariy bilim bo'lishi bilan birga talant va iqtidorga ham ega bo'lishi kerak. Talant nima? - degan savolga javob berib K.S.Stanislavskiy Talant - insonning ko'plab ijodiy qobiliyatlarining baxtli yig'indisi bo'lib, u irodaviy sifatlar bilan bog'liqdir deydi. Bundan tashqari u aktyorning ijodiy qobiliyatiga xos bo'lgan: kuzatuvchanlik, ta'sirchanlik, kuchli xotira, temperament, fantaziya, tasavvur, ichki va tashqi ta'sir, singdirish, amalga oshirish, did. Aql, ichki va tashqi ritm va tizimni his etish, ohanglilik, samimiylik, o'z - o'zini boshqarish, tirishqoqlik, ma'lumot-fondlarga boylik, ma'noli qarash, yuz, mimika, tana xarakatlari kabi xususiyatlarni alohida ta'kidlaydi. Albatta bu xususiyatlar o'qituvchilarga ham hosdir. Boshqacha qilib aytiganda yuqorida zikr etilgan xususiyatlar pedagoglarning butun borlig'ida (ko'zlarida, yuz tuzulishida, xarakatlarida, teran fikrlashida, ma'naviy olamida) ko'zga tashlanib turadi. Ilg'or o'qituvchilarning o'quv-tarbiya jarayonlarini tahlil etish shuni ko'rsatadiki, pedagogik aloqani belgilab beruvchi muhim shartlardan biri bu undagi hissiyot hayajonning kuchliligi hisoblanadi. Dars jarayonida pedagog hayajonining turli-tumanligi uning yorqin ifodalanishi, o'quvchi faoliyati va tajribasida tasdiqlanishi shuncha kuchli bo'ladi. Dars his-hayajonsiz, ma'nosiz bir mashg'ulotdir. Shuning uchun o'qituvchi his-tuyg'usini rivojlantirish pedagogik mahoratning muhim elementlaridan biri deb hisoblash zarur. K.S.Stanislavskiy o'zining tizimida asos qilib talant, temperamentni emas, (chunki bularga o'rgatib bo'lmaydi) balki sahnada ishonchli tarzda o'z-o'zini his etishni oladi. Ko'pincha, pedagog va aktyorga noto'g'ri hissiyot va hayajon halaqit beradi. Chunki noto'g'ri his-hayajon, o'rinsiz tarzda muskul harakati, fikrlash qobiliyatini yomonlashtiradi va estetik his-hayajon tuyg'uning paydo bo'lishiga xalaqit beradi. Bunga qarama-qarshi tarzda pedagog o'zini erkin, bo'sh, holi tutishi kerak. Bu maxsus mashq orqali amalga oshiriladi. Talantli pedagoglar faoliyati kuzatilganda, ular o'quvchilarni o'ziga rom eta olishi, auditoriyaga qarab qanday muomala chorasini qo'llashni bilib olishi qoyil qoldiradi. Bunday o'qituvchilarda aql bilan hissiyotning tengligi mavjud. Ularning ichki hayoti yorqin, nozik, tezkor, undaylar ortiqcha xarakatsiz so'z bilan faoliyatning, ma'lumot va hissiyotni auditoriyaning e'tibor chegarasini yaxshi seza oladi. Baxtli pedagog uchun o'quvchilar bilan har bir uchrashuv bir kashfiyot, xar bir yangi dars oldingilarga o'xshamaydi. Uning ishi doimiy ijodkorlik bilan yo'g'rilgan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.26 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.26 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga