O'qituvchi - yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi kishi sifatida REJA: 1. Ta'lim jarayonining umumiy tavsifi 2. Ta'lim jarayonida pedagog faoliyati 3. Ta'lim jarayonida talaba faoliyati 4. Tarbiyachi mahorat to'g'risida tushuncha TA'LIM JARAYONI HAQIDA TUSHUNCHA Ta'lim jarayoni tashkiliy tizim bo'lib, u o'qitish va o'qish faoliyatlarining o'zaro real kirishuvidan iborat. O'qituvchining talabalarga ta'siri tarkiban ushbu birliklardan iborat: pedagogning ta'lim maqsadini bolalarga anglatish uchun yo'nalgan xatti-harakatlari; pedagogning ta'lim maqsadini amalga oshirish sohasidagi intilishlari; pedagogning ta'lim natijasini tahlil etishga doir ishlari. To'g'ri ta'sirni tashkil etish va uni amalga oshirish yo'li bilan bolalar fan asoslarini egallab olishadi, ularda ko'nikma va malakalar shakllanadi, tabiat, jamiyat va tafakkurga munosabat tarbiyalanadi. Binobarin, pedagogning ta'siri natijasida talabalar ma'lumot mazmunini o'zlashtirishadi. TA'LIM JARAYONI FUNKSIYALARI Ta'lim jarayoni -ijtimoiy hayotning o'ziga xos shavdi bo'lib, u quyidagicha vazifalarnr bajaradi: ma'lumotli qilish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ta'lim jarayonining bu funkstiyalari, ya'ni bajaradigan ishlari bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Ta'lim jarayonining ma'lumotli qilish funksiyasi Ta'lim jarayonining ma'lumotli qilish funkstiya fan asoslarini egallash, ko'nikma va malakalar shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarni o'stirish xarakterlanadi. O'quv predmetlariga oid asosiy g'oyalar, nazariyalar, qonuniyatlar, faktlarni o'zlashtirish, o'zlashtirilgan bilimlar asosida ko'nikma hamda malakalarni tarkib toptirish yo'llari bilan avlodlar o'rtasidagi vorislik ta'minlanadi. Avlodlar o'rtasidagi vorislikni ta'minlash ota-onalarday fikrlaydi, ular bajargan faoliyat usullarini qo'llab, moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish uchun asos bo'ladi. Yoshlarni taraqqiy ettirishdir funksiyasi Ta'lim jarayonining navbatdagi funkstiyasi yoshlarni taraqqiy ettirishdir. Ta'lim jarayonida yoshlarni taraqqiy ettirish muammosi didaktikada uzoq tarixga ega. L.V.Zankov, D.B.Elkonin, M. I. Maxmutov kabi qator olimlarning ilmiy tadqiqotlarida ta'limning oldinda borishi va o'ziga talabalar taraqqiyotini ergashtirishi masalasi ilmiy asoslangan. Ta'lim jarayonining ma'lumotga yo'nalganlik taraqqiy ettiruvchanlik va tarbiyalovchanlik funkstiyalari o'zaro daxldor bo'lib, bir-birini to'ldiradi, bir-birini taqozo etadi: ma'lumotga yo'naltirilganlik talabalar shaxsini rivojlantirishga, ma'lumotga yo'nalganlik va taraqqiy ettiruvchanlik birgalikda talaba shaxsini tarbiyalanganligiga olib keladi. Pedagog tarbiya ishlarini rejalashtirishda, ta'lim vositalarini tanlashda, mashg'ulotlarni tashkil etishda ta'lim jarayonining shu funkstiyalarini hisobga olishi, ularni amalga oshirishi mutlaqo zarur. Tarbiyachi mahorat to'g'risida tushuncha. O'quv - tarbiya jarayoni ishtirokchilari oldida turgan birinchi galdagi,eng muhim vazifa, o'quvchi yoshlarimizda mafkuraviy bo'shliq paydo bo'lish sabablarini bilish va ularni yosh g'oyalar ta'siridan asrash hamda ularni davr talabidagi mutaxasis qilib tarbiyalashdir. Bu ulkan vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun oliy ta'lim maktabda tayyorlanayotgan murabbiy yuksak mahorat va odobga ega bo'lish kerak A.Avloniy ayttanlaridek: Ilm insonlarning madori, hayoti, porloq kelajagi, rahbari, najotiga aylangan. Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas fazilatdir. Shuning uchun avvalom bor ilmli, tarbiyali bo'lmoq har bir yosh insonning burchi. Bu maqsadda ko'ngliga eng oliy orzularni jamlab, o'qituvchi ter to'kib ishlaydi. Ularning mehnatini munosib hurmat qilib, imkonda bor ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
544.45 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
544.45 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:30 ]
Arxiv ichida: pptx