O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixalogiyasi

O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixalogiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixalogiyasi - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixalogiyasi Reja: 1.Pedagogik muloqot haqida tushuncha. Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlari. Pedagogik muloqot uslublari. 2.Muloqot madaniyati. Pedagogik nizo va uning sabalari. Pedagogik nizolarning oldini olish yo'llari. 3. Takt va pedagogik takt haqida tushuncha. Takt va taktika. 4. Pedagogik taktni qo'llash shartlari. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi Muomala - axborot jarayonidir. Pedagog bevosita shaxslarga muomalada, o'z tarbiyalanuvchilari, umuman, jamoa haqida, undagi ichki jarayonlar haqida g'oyat xilma-xil axborotga ega bo'ladi va xokazo. Pedagog ham o'z navbatida muomala jarayonida o'z tarbiyalanuvchilariga maqsadga qaratilgan axborotni ma'lum qiladi. Pedagog muomala vositasi orqali qanday axborot olishini qarab chiqar ekanmiz, o'quvchining shaxsi haqidagi axborotning muhimligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Muomala shaxsni g'oyat xilma-xil sharoit va ko'rinishlarda o'rgatishga imkon beradi. Pedagog o'quvchilar bilan muomala qilar ekan, juda mayda qismlarni ham anglab olishga qodir bo'ladi. Muomala - axloq ko'rki sanaladi. Har bir kishining qanday dunyoqarashga egaligi, bilimliligi uning muomalasidan ma'lum bo'ladi. Muomala - insonlar o'rtasidagi o'zaro aloqa vositalaridir. Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til - aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo'lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro'-e'tibor topadi. So'zga chechanlik, hech qachon kishiga obro' keltirmaydi. Shuning uchun ham o'tmishda yashab o'tgan mutafakkirlarimiz tilga, so'zga hurmat bilan yondashishlarini uqtirib o'tganlar. Ulug' bobomiz Alisher Navoiy muomala madadiyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to'g'risida, shirinso'zlik haqida purhikmat fikrlar bayon qilganki, bugungi kunimiz uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. «Til shirinligi ko'ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa - foydali. Shirin so'z sof ko'ngillar uchun asal kabi totlidir», - deydi Alisher Navoiy. Pedagog bolalarga bilim berish uchun bir qatorda ular nutqining rivojlanishiga ham alohida ahamiyat beradi va bunda u turli pedagogik usullardan foydalanadi. Muomalada ijodiy kayfiyatni vujudga keltirish va saqlashning muhim vazifasi pedagogning materialga o'z hissiy munosabatini ifodalashda topgan tashqi shakllarini mustahkamlashdir, u pedagog tomonidan quyidagi yo'llar orqali amalga oshiriladi: darsning borishini, tadbirni fikran esga tushirish; ko'zgu oldida takrorlash; namuna sifatida san'at (adabiyot, kino, rang tasvir) asarlardagi vaziyatlardan foydalanish. O'zining materialga bo'lgan hissiy munosabatini ifodalashning puxta shakllari (ularga hamisha bu shakllarni gavdalantirishning bevosita vaziyati tuzatish kiritadi) pedagogga faoliyat va muomalaning o'zgarib borayotgan sharoitida jadal va samarali harakat qilish va (bunisi ayniqsa muhim) darsga tez va samarali chorlanish imkonini beradi, chunki o'zining hissiy munosabatini ifodalashning puxta shakllarini (ularni pedagog g'ayrat bilan esga tushiradi) unda ularni izlashning jo'shqin jarayoni to'g'risida xotiralar uyg'otadi, bu bilan uning ijodiy kayfiyatini rag'batlantiradi. Ijodiy kayfiyatni boshqarish jarayonining g'oyat marakkab bo'g'ini guruh bilan bo'ladigan bevosita muomaladan oldingi paytidir. Ijodiy holatni tashkil etish yuzasidan ilgari amalga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 87.7 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 87.7 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga