O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat

O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat Reja: Pedagogik qobiliyot haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari. O'qituvchi irodasi, sabr-toqati, uning o'z-o'zini iroda qilishi hamda boshqalarga ta'sir o'tqaza olish qobiliyati. Qobiliyat va zexn. O'qituvchi o'z qobiliyatini rivojlantirib borishi. Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari. SHaxsning muayyan faoliyatini muvaffakkiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo'lib, uni muayyan faoliyat turiga layokatli qiluvchi omil kishining o'z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko'p jihatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi. Demak, qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga bo'lgan layokat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig'indisi hisoblanadi. Masalan, qobiliyatli o'qituvchi bir xil ish sharoitlarida o'z hamkasblariga karaganda yaxshirok natijaga erishadi. Biz ko'pincha, falon o'qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz, qobiliyatli o'qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu usha o'qituvchining xali kam tajribasi bo'lishiga qaramasdan o'qituvchilik ishini muvaffakkiyatli olib borishga yordam beradigan bir kancha pedagogik qobiliyatlar (ko'zatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi. O'qituvchilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi -- pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o'z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishigina loyik bo'ladi va pedagogik mahoratga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq va o'qish natijasi hisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste'dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat taraqqiy etadi. Kishi qobiliyati ikkita asosiy to'rga bulinadi: Maxsus qobiliyatlar; Umumiy qobiliyatlar. Pedagoglik faoliyatining samarali bo'lishi uchun o'qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bulmogi va uni rivojlantirilib borilmogi lozim. Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va bashqalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o'qituvchi fanni o'quv ko'rsi xajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurrok biladi. O'z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha ko'zatib boradi, unga nixoyatda qiziqadi, ayrim tadqiqot ishlarini ham bajaradi. Tushuntira olish qobiliyati - o'quv materialini o'quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, material yoki problemani aniq, tushunarli qilib gapirib berish, o'quvchilarda mustaqil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uygotish qobiliyati. O'qituvchi zarur hollarda o'quv materialini o'zgartira olishi, soddalashtira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noanik narsani tushunarli qilib o'quvchilarga yetkaza olishi lozim. Qobiliyatli o'qituvchi o'quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo'yganliklarini tasavvur etadi. Ba'zi o'qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi kam o'qituvchilarga o'quv materiali oddiy, tushunarli, alohida izoxni talab etmaydigan tuyuladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.01 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.01 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga