O'QITUVChI FAOLIYaTIDA PYeDAGOGIK QOBILIYaTLAR Reja: Pedagogik qobiliyat tarixidan tushuncha. Qobiliyat haqida tushuncha. Pedagogik qobiliyatning turlari. Pedagogik faoliyatda ijodiy holatni tashkil etish. 1. Pedagogik qobiliyat adabiyotda birinchi bo'lib XIX asr o'rtalarida paydo bo'lgan. Pedagogika nazariyasida o'qituvchilar tayyorlash va pedagogik pertseptiv qobiliyatida A. Disterverg diqqat etibor berdi. Shunday qilib, Disterverg pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qatiy erkinlikka ahamiyat berdi. U o'qituvchining bilim orttirishlik qobiliyat tushunchasini ilgari surdi. So'ngra XIX asrning ikkinchi yarmida P.G.Redkin «axloqiy qobiliyat» tushunchasini ilgari surdi. Disterverg, Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D. Ushinskiy «Odamni tarbiyalash» ning eng asosiy yo'li ishontirishdir, odamning e'tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta'sir qilish mumkin», - deydi, L.N.Tolstoy: «Tarbiyalash muvoffaqqiyatli bo'lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira to'xtamay o'zlarini tarbiyalay bilishlari kerak» - degandi. A.S.Makarenko aytishicha, tasodifiy ravishda o'qituvchi bo'lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko'p o'qigan Gorkiyni o'zining ustozi deb uni asarlarni o'rganishga kirishgan. Makarenko o'z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o'ziga nisbatan talabchan bo'lsa, u yaxshi pedagog bo'lishi mumkin, - deydi. O'rta Osiyo allomalari o'qituvchilik kasbiga oid qarashlari. Farobiy: «Aql to'g'risida» gi risolasining o'zida 12 ta xislatni birlashtirgan kishigina axloqiy odam deb hisoblaydi. Bular: sog'lomlik, tez anglay olish xususiyati, xotirasi baquvvat, zehni o'tkir, so'zlari aniq, fikrini ravon bayon eta oladigan, haqiqatni va haqiqat tarafdolarini sevadigan, yolg'onchiga nafrat bilan qaraydigan, g'urur va vijdonini qadrlaydigan, mol dunyoga mukkasidan kyetmagan, adolatni sevuvchi, qatiy, qo'rqmas, jasur. Abu ali ibn Sinoning ko'satishiga, muallim, avvalo bolaga «quron» ta'limotini o'rgatishi lozim, so'ngra bolaning nimaga qiziqishini, qaysi kasbga yoki san'atga mayli borligini aniqlashi zarur. Muallim bolaga ta'lim berishiga kirishidan oldin o'quvchining xarakterini o'rganishi va bilim darajasini aniqlashi lozim. Bunda avvalo bola diqqatining xususiyatlarini, qiziqishi va qobiliyatlarini etiborga olib, unga qaysi hunar yoki san'atni o'rganish mumkinligini ko'rsatish kerak. Burxoniddin Zarnudjiy (XII asr) - «O'qituvchiga ta'lim yo'lida qo'llanma» asarida pedagog quyidagilarga etibor berishi lozim. muallim bilimdon, tajribali, olijanob bo'lishi lozim; har bir kishi qanoat, sabr, muruvvatli, bilimini takrorlashi lozim; o'z fani va kasbidan to'la qanoat qilish; aql farosatlilik. O'zbek xalq pedagogikasi asarlarida murabbiy, ustoz eng hurmatli, mo'tabar inson sifatida ulug'lanadi. Otaning bolasi bo'lma, odam bolasi bo'l. Ustoz otangdek ulug'. Ota-ona bolani dunyoga keltiradi, ustoz esa uni yuksaklikka, osmonga ko'taradi. Ustozsiz shogird jonsiz kesak. Ustoz ko'rmagan shogird-har maqomga yo'rg'alar. 2. Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo'lib, bir tekisda bo'lmay, biri yuqori, biri o'rta va biri quyi darajadan iboratdir. Faqat aqli zaif insonlarda qobiliyatni uchrata olmaysiz. Maktab o'qituvchisining faoliyati inson shaxsining tiklantirishga qaratilgan. Muvroffaqiyatli ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.37 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.37 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc