O'qituvchi ish faoliyatida fikrni ifodalash usullari

O'qituvchi ish faoliyatida fikrni ifodalash usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchi ish faoliyatida fikrni ifodalash usullari - rasmi

Material tavsifi

o'qituvchi ish faoliyatida fikrni ifodalash usullari R Ye J A: 1. Til, nutq, matn haqida tushuncha. 2. Tasvir, og'zaki bayon etish usullari. 3. Fikrni og'zaki bayon etish usullari. 4. Fikrni yozma bayon etish yo'llari. Tayanch tushunchalar: Til, nutq, matn, tasvir, hikoya qilish, mulohaza, suhbat, muxokama, munozara, notikona suzlash, tabrik nutqi, bayon, konspekt, sikik xulosa, annotatsiya, otziv, referat, sharx, biografiya, avtobiografiya, tavsifnoma, intervyu, ma'ruza, hisobot, maktub, kundalik. o'qituvchi o'z ish faoliyatida fikrni ifodalashning xilma-xil shakllari va janrlaridan foydalanadi. Ularning xar biri til materiallari asosida yuzaga keladi. nutq va til alohida hodisalar bulsa xam, ularni bir-biridan ajratib karab bulmaydi. Til- malum kishilar jamoasi a'zolarining muloqoti uchun muhim va asosiy vosita hisoblangan o'ziga xos belgilar sistemalaridan biri bo'lib, jamiyatda tafakkurning rivojlanishi uchun, madaniy tarixiy an'analarni avloddan-avlodga yetkazish uchun xizmat qiladi. nutq- ifodalangan ma'lumot talabiga mos holda til qoidalari asosida tuzilgan til belgilarining tartibidir. Til nutqka aylangach, moddiy ahamiyat kasb etadi. nutq - nutq (a'zolari) organlari harakatining natijasi sifatida paydo bo'ladi. nutq a'zolarining harakati nutq faoliyati hisoblanadi. nutq faoliyati deganda inson organizmining nutq tuzish uchun zarur hisoblangan ruhiy-fiziologik ishining yig'indisi tushuniladi. aniq aytilgan (yoki yozilgan) bir gap yoki o'zaro mantikiy boglangan gaplar yig'indisi nutqiy asar deyiladi: nutqiy asar tushunchasi og'zaki yoki yozma nutqning xar qanday parchasini xam, xalq og'zaki ijodi asarlari va badiiy yozma adabiyotning tugallangan asarlarini xam o'z ichiga kamraydi. Xar qanday nutqiy asar matn sifatida yuzaga chikadi. Matn deb u yoki bu holda tugallangan mazmun (mano) va nutqning birligini uzida shakllantirgan hamda ifodalagan og'zaki yoki yozma asarga aytiladi. Matnning belgilari kuyidagilar: 1. Matn gap yoki gaplardan tashkil topadi. 2. Matndagi gaplar o'zaro ichki (mantikiy) va tashqi (grammatik) bog'liqlikda bo'ladi. 3. Matnda u yoki bu hodisa-vokea haqidagi mazmun bo'ladi. (Misollar keltiriladi.) Suzlovchi matn mazmunini turli usullarda yuzaga chiqarishi mumkin. Bunda uch janr-tasvir, hikoya qilish, mulohaza alohida ajralib turadi. Tasvir - nutqda ifodalangan narsa yoki hodisani maxsus til vositalari orqali harakatlash, uning xususiyatlarini, sifatlarini ko'rsatish usuli tasvir deyiladi. Tasvir fikr yuritiladigan shaxs, narsa yoki vokea-hodisani tinglovchi tasavvurida yorkin shakllantirish uchun ishlatiladi. (Misollar beriladi.) hikoya qilish. bo'lib utgan va yuz beradigan vokea-hodisalarni batafsil suzlash hikoya qilish hisoblanadi. Kichik xajmdagi nasriy asarlar, katta asarlarning ayrim parchalari darsda hikoya qilib beriladi. hikoya qilishda vokealar batafsil yoki malum qisqartishlar bilan bayon etilishi mumkin. Bunda xar bir narsa va hodisa o'z nomi, sifatlari bilan bayon etiladi. (Misollar) mulohaza. Kuzatilgan, eshitilgan yoki ukilgan narsalar ustida fikrlash, uning turli tomonlarini kuz oldiga keltirish mulohaza hisoblanadi. Kishi mulohaza orqali yuz bergan bergan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.08 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.08 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga