O'qituvchi kasbining psixologik xususiyatlari O'qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e'tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tiborga loyiq e'zozlab kelingan kasbdir. «O'qituvchi-deydi Al Forobiy - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini toia va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur». U o'z fikrini davom ettirib, «O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq, ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi iozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi» deb ta'kidlaydi. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino fikricha, «O'qituvchi matonatli, sof vijdonii, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qoidaiarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib uning aql qatlamlariga kira olmog'i lozim». Nosiriddin Tusiy o'zining «O'qituvchilarni tanbiyalash to'g'risida» asarida shunday deydi: «O'qituvchi munozaralarini olib borishda isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g'riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi lozim. O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandalik, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin». Yusuf Xos Hojib Qoshg'ariy «Men a'zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davoiashni zarur deb topdim. Bunga men o'qituvchilik yo'li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a'zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo'lsalar, nodonlik bilimsizlik tufayli o'n ming va yuz minglarcha odamlar halok bo'ladilar». Jomiy bola dunyoqarashirung kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlami mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam, hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi. Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy ham o'qituvchi mehnatini xolisona baholab «Agar shogird podsholikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi». «Haq yo'lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila, aylamak bo'lmas ado oning haqqin yuz ganj ila» kabi satrlarni bitgan. Allomalarimiz tomonidan bildirilgan qimmatli fikrlari hozirgi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Shuningdek, ta'hm jarayonida o'qituvchi shaxsi, uning kasbiy xususiyatlari borasidagi fiKrlar atroflicha bayon qilingan. O'qituvchining o'rni va uning vazifalari o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan belgilanadi. Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixolog bo'lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga solish, bolalar jamoasida vjtimoi ,p»»g0k mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O'qituvchi pedagogik jamoa a'zosi sifatida pedagogik faoiiyatni uyushtirishda bevosita ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.35 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.35 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc