O'qituvchi mahorati muammolarini hal etishda teatr pedagogikasidan foydalanish ma'ruza rejasi: Teatr va pedagogik san'atning o'zaro o'xshash hamda farqli jihatlari. Sinf diqqatini tortish bosqichlari va turlari. Pedagogik vaziyatda Stanislavskiy tizimi prinsiplaridan foydalanish. Nazorat turlari va ularni amalga oshirish tartibi: 1-JN - 8 ball - seminar mashg'ulotlari bo'yicha. 2-JN - 12 ball - tajriba darslari bo'yicha. 3-JN - 10 ball - mustaqil ta'lim bo'yicha. Jami - 30 ball. 1-ON - 24 ball - ma'ruza mashg'ulotlari bo'yicha. 2-ON - 16 ball - mustaqil ta'lim bo'yicha. Jami - 40 ball. YaN - 30 ball - yozma ish. Siz o'qituvchilik kasbini boshqa qanday kasblar bilan qiyoslay olasiz? Pedagogik muvofiqlik nima? Tamoyili: o'zaro xayrixohlik, qatiyatlilik va mas'uliyatni his etish. Sharti:boshqalarni to'g'ri tushunish va ularni to'g'ri baholay olish ko'nikma va malakalariga ega bo'lish. Tarkibi: aqliy, estetik va axloqiy - jihatdan muvofiqlik. ISTYe'DOD - nihoyatda zo'r ijodiy qobiliyat (O'zbek tilining izohli lug'ati. 2-jild. -T.: O'z.mil.ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashr. 2006. 236-b.) ISTYe'DOD - 1) qobiliyatning ijodiy yutuqlarni qo'lga kiritganda namoyon bo'ladigan yuksak taraqqiyot darajasi; 2) san'at, ishlab chiqarish va shu kabilarni rivojlantirishda muhim hissasini qo'shgan kishining ijtimoiy tavsifi. (Pedagogika: Bolshaya sovremennaya ensiklopediya Sost. Ye.S.Rapasevich -Mn.:Sovr. slovo. 2005. 566 -S.) Istedod - bu insondagi ko'pgina ijodiy qobiliyatlarning ijodiy irodaga bo'ysundirilgan omadli kombinatsiyasidir. K.S.Stanislavskiy. Kuzatuvchanlik Aktyorning ijodiy qobiliyatlari ta'sirchanlik Ichki va tashqi garmoniyani seza olish Bir holatdan boshqasiga ko'cha olish Fantaziya Ichki va tashqi ta'sir ko'rsata olish Did va aql-farosat O'zini boshqara olish Kuchli xotira Boy tasavvurlar Sinf diqqatini tortish bosqichlari: Aktyorning sahnaga chiqishi (o'qituvchining sinfga kirishi). O'tirganlarning hammasiga qarab chiqish va obyekt tanlash. obyektga yaqinlashish (nigohlar bilan), uning diqqatini o'ziga jalb qilish. Ko'z nigohlari bilan obyekt qalbiga kirish (yoki ichiga boqish). O'z qarashlarini obyektga yetkazish. obyektning javob reaksiyasi. Qalb toklarining o'zaro tutashuvi. Sinf diqqatini tortish usullari: Passiv usul - izchil va mantiqiy fikrlash hamda me'yordagi hissiyot orqali auditoriya diqqatini yagona pedagogik ta'sir oqimiga birlashtirish. Agressiv usul - his-tuyg'u va iroda uchqunlarining intellekt orqali katta oqim bilan otilib chiqishi natijasida bir lahzada auditoriya diqqatini o'ziga bog'lab olish. K.Stanislavskiy tizimi prinsiplari: Hayotiy haqiqat prinsipi. Yuqori topshiriq prinsipi. Faollik prinsipi. O'qituvchi tiplari: 1-tip: boy tasavvurlarga ega, tashabbuskor, darsni o'ziga xos tashkil etadi, bolalarni mashg'ul qilish orqali ularning ham tasavvurlarini boyitadi. 2-tip: tashabbuskor emas, nimadir unga turtki bo'lishi kerak, busiz ular o'zlariga ishonmaydilar. 3-tip: notekis ishlaydi, darsni bazan yaxshi uddalaydi, bazan esa yo'q. Bunada o'quvchilarning qiziqishlari ham notekis rivojlanadi. 4-tip: bunday o'qituvchi uchun hech narsaning ahamiyati yo'q - na yaxshi dars, na biror ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
183.25 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
183.25 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: ppt