O'qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish Reja: O'qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish haqida tushuncha. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari. O'qituvchining shaxsiy ijodiy faoliyati va nazariy-uslubiy mohiyati. Ijod, ijodiylik, bunyodkorlik, yaratuvchanlik murakkab, ruhiy jarayon bo'lib, u avvalo o'qituvchilarning fikrlashi, dunyoqarashi, mustaqil faoliyat ko'rsatishi, xotirasi, diqqati, irodasi bilan chambarchas bog'langan. Sharqning buyuk mutafakkirlari ijodiy tafakkurga shunday ta'rif beradi: «. . . shunday ulug' fazilatki, inson uni egallash, uchun boshqa hamma fazilatlarini ishga solishi kerak» - deydi Qomusiy olim al-Farobiy. O'zbekiston taraqkiyotining hozirgi bosqichida yangi ijtimoiy munosabatlarga faol kirisha oladigan, dekmokratik, huquqiy tamoyillarga asoslangan erkin fuqarolik jamiyat qurishda o'zining insonparvarlik burchi va kasb mas'uliyati bilan yashay oladigan yetuk shaxslarni tarbiyalash dolzarb muammo hisoblanadi. Har qanday mehnatning muvaffaqiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mehnatni uyushtirishga ta'sir etadigan shart-sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yo'llariga bog'liq. O'qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni boshqarish uchun pedagogika psixologiya fanining eng so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda o'z ishini ijodiy tashkil etib yangiliklarni yaratish tushuniladi. O'qituvchi mehnati uning vaqti bilan bog'liq bu ishning muvaffaqiyati vaqtdan umumli foydalanish, o'zining imkoniyatlarini to'la hisobga olish, o'quv tarbiya jarayonida o'zini namoyon etish va o'zining kimligini, qanday ekanini, nimalarga qodir ekanligini tasdiqlash bilan bog'liq. O'qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish birinchi navbatda o'zining ijodiy imkoniyatlariga ishonish demekdir. O'qituvchi ta'lim jarayonini to'la tasavvur etishi kerak, uning, qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlrin yaxshi anglashi kerak. Pedagogik mehnat natijasi o'quvchilarni mustaqil ishlay olishi, isbotlay olishi, tahlil qila olishidar. Mehnatni limiy asosda tashkil etishda namoyon bo'ladigan 3ta asosiy belgilar: Vaqtdan imkon qadar samarali foydalanish; Mehnat va dam olish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan samarali foydalanish, uni tashkil etish; Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda mehnat qilishi uchun sotish va har tomonlama g'amxo'rlik qilish. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda o'qituvchiningg kun tartibi va ish joyi muhim rol o'ynaydi. O'qituvchi o'zi uchun eng optimal yuqori umumberadigan kun tartibini topa olishi kerak. Pedagogik mehnatning samarasi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko'ra bilishda va aniqlay olishdir. Shundagina shuni ilmiy tashkil etish mumkin bo'ladi. Bu o'qit uvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning birinchi tamoyilidir. 2-chi tamoyili faoliyat uslubini belgilash. 3-chi tamoyili pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda texnikadan vosita sifatida samarali foydalanish tushuniladi. Bu tamoyil ko'nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnika va texnik vositalar yiЂindisi ko'zda tutiladi. 4-chi tamoyili ta'lim-tarbiya ishining rejalashtirish hisoblanadi. Reja ta'lim-tarbiya faoliyatini tartibga solish. Uning modelini yaratish. Tayanch sxemalarini topish masalalaridan tashkil topadi. Shular aniqlansa, o'qishda rivojlanish, tarbiyalash jarayoni engillashadi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish prinsipi o'qtuvchi ishini muntazam va planni kuzatib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.93 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.93 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc