O'qituvchi nutq texnikasi va madaniyati Reja: O'qituvchi nutqi va uning ijtimoiy ahamiyati. SHarq mutafakkirlari o'qituvchi nutqi va uni shakllantirish haqida. O'qituvchi nutqining pedagogik-psihologik asoslari. Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi. O'qituvchi nutqi va uning ijtimoiy mohiyati. O'qituvchi faoliyatida nutq juda muhim vazifalarni bajaradi. O'qituvchi o'z faoliyati davomida, xususan, o'quvchilarga bilim, ko'nikma va malakalarni singdiradi, ularni tarbiyalaydi, atroflicha rivojlantirishga o'z hissasini kushadi. O'qituvchining so'zlari ta'sirida bolalarda muayyan ruhiy jarayonlar va ruhiy holatlar vujudga keladi, shaxsiy xislatlar shakllanadi. Demak, o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi doirasiga uning notiklik san'atini egallaganlik darajasi, nutqiy qobiliyati, so'zamolligi ham kiradi. nutqni ruyobga chikaruvchi organ bu tildir. Til bu dunyoni bilish, bilimlarni to'plash, saqlash , keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go'zallik ko'rinishlarini o'quvchiga yetkazish kabi juda ko'p vazifalarni bajaradi. Ammo shunga qaramay, ilmiy manbaalarda, darsliklarda tilning mohiyati, vazifasi juda kam holda, ya'ni eng muhim aloqa vositasi bo'lgan ijtimoiy hodisa sifatida talqin kilinadi. nutq, ayniqsa, o'qituvchi nutqi tilni ana shunday rangni turli turli tuman tarzda idrok etish asosida shakllanadi. ayniqsa, yozma va og'zaki nutqni rivojlantira olgan odamgina erkin va mustaqil fikrlay oladi. nutq, aynan o'qituvchi nutqi, jamiyat madaniy - ma'rifiy taraqqiyotining, shaxs ma'naviy kamolotining muhim belgisidir. O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunlari, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturim» va bashqa hujjatlarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarida yosh avlodda nutq madaniyati malakalarini shakllantirish va takomillashtirish masalalariga ham katta e'tibor berilgan. Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Oliy Majlisining 1X sessiyasida so'zlagan nutqida bunday deb ta'kidlagan edi : « O'z fikrini mutlako mustaqil ona tilida ravon, go'zal va lunda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar ko'rsisida utirganlarni bugun tushunish ham, oklash ham qiyin». «Barkamol avlod, O'zbekiston taraqqiyotining poydevori»., Toshkent., 1997 yil, 9 - bet . ayniqsa, o'qituvchining nutq madaniyati bizning tugunmas til boyligini egallash darajamizdir. O'qituvchi nutqining madaniyatliligini ta'min etadigan to'g'rilik, soflik, aniklik, mantikiylik, ifodalilik, rang - baranglik kabi bir kancha sifatlar mavjud. O'qituvchi nutqi, nutqning ana shu sifatlarini va texnikasini o'quvchilarga o'rgatadi. O'qituvchi nutqini o'quvchilarga o'rgatishdan maqsad o'quvchi va talabalarni ta'lim - tarbiya va shaxsni shakllantirishning muhim vositalaridan biri bo'lgan nutqni egallashlariga yordam berish, pedagogik muloqot madaniyati asoslari bilan tanishtirish, ularni ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasini egallashlariga yordam berishdir. Bu mavzuni o'qish natijasida talabalar nutq haqidagi bilim asoslari bilan tanishadilar, o'qituvchi nutqining sifatlari bilan, nutq texnikasi asoslari bilan hamda hozirgi o'zbek adabiy tilining normalari bilan tanishadilar va unga amal qilishga o'rganadilar, ifodali o'qish madaniyatini egallaydilar. Buyuk mutafakkirlar o'qituvchi nutqi va uni shakllantirish haqida. Notiklik mahorati kadim zamonlardan san'at darajasiga kutarilgan. qadimgi Gretsiya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.63 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.63 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc