O'qituvchi nutqi madaniyati faning umumiy xarakteristikasi. Kursning predmeti, maqsad va vazifalari Reja: Pedagogika va psixologiya fanlarining o'zaro aloqadorligi. Psixologiyaning predmeti. Psixologiyaning tarmoqlari. Pedagogika va psixologiya fanlarining o'zaro aloqadorligi. Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy va azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o'ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi ta'lim to'g'risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o'zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda etirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta'lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o'z uslub va qoidalari etarli bo'lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg'unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma'naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta'lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o'qitishning eng ilg'or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga sal kam 160 yil bo'ldi. Shu davr ichida juda ko'plab ilmiy tadqiqot natijalarini o'z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo'llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o'rni juda oshib ketdi, deb bo'lmadi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko'rsatgan barcha olimlar ko'proq diqqatlarini mavhum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta'siri masalasi o'tib borayotgan asrimizning oxiriga kelib, o'ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi. XX asr va uning erishilgan yutuqlaridan eng muhimi shu bo'ldiki, texnika, elektronika va boshqa shunga o'xshash murakkab texnologiyalarni yaratgan inson va uning bevosita kundalik hayoti bilan bog'liq muammolar ko'payib borishi bilan xarakterlanadi. Vaqti kelganda, shunday faktga to'g'ri kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o'ta aqlli inson o'zi va o'z atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to'g'ri baholay olmasligi sababli, o'zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asr bo'sag'asida juda ko'plab davlatlarda bo'lgani kabi dunyo xaritasida munosib o'rin olgan mustaqil O'zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko'tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma'naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog'ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o'z ustida ishlashi, o'z mukammalligi xususida qayg'urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc