«O'qituvchi nutqi madaniyati» fanining maqsad va vazifalari, uning boshqa lingvistik va nolingvistik sohalar bilan aloqasi Reja: 1. «O'qituvchi nutqi madaniyati» fanining maqsad va vazifalari. 2. Nutq madaniyati va boshqa fanlar. 3. Nutq madaniyati - millat ma'naviy kamolotining muhim belgisi. 4. Xulosa. O'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish o'zbek tilshunosligi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki notiqlik san'ati sirlarini o'rganish, o'z fikrini bayon qilayotgan lisoniy materiallardan to'g'ri foydalanish, har bir til vositasini kerakli va lozim bo'lgan o'rinda mantiqan va grammatik jihatdan to'g'ri qo'llash ijtimoiy hayotning barcha sohalarida xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. Har bir shaxsning nutqi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bir kishining nutqi tinglovchiga yaxshi tushuniladi, voqea - hodisalar haqida aniq, ravshan ma'lumot beradi, o'zining til qurilishi bilan tinglovchining xulqiga ta'sir etadi. Boshqa bir kishining nutqidan tinglovchi asosiy narsalarni ajratib ololmaydi. Bunday nutqning til qurilishida grammatik - uslubiy nuqsonlar bo'ladi. Tilga olingan nutqlarning birinchisi to'g'ri, madaniyatli nutq, keyingisini nuqsonli nutq deyish mumkin. Tor manoda nutq madaniyati - til me'yorlarini egallamoq, yani talaffuz, urg'u, so'z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o'qish madaniyatini egallash demakdir. Nutq madaniyati - tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq madaniyatini egallash orqali kishi yetuklik sari bir qadam tashlagan bo'ladi. Insoniyat umummadaniyatining katta tarkibiy qismini nutq madaniyati tashkil etadi. Nutq madaniyati atamasi adabiyotlarda asosan ikki xil manoda ishlatiladi: birinchidan, nutq madaniyati deyilganda, nutqning fazilatlari (sifatlari) yig'indisi, bu fazilatlarning tizimi tushuniladi; ikkinchidan, nutq madaniyati atamasi namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi ta'limotni anglatadi. O'qituvchi nutqi madaniyati - amaliy jihatdan o'qituvchi nutqining xilma - xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan., Pedagogika institutlarida tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to'g'ri va chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til me'yorlari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo'lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko'rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. O'qituvchi nutqi madaniyati fan sifatida o'z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me'yorlari va nutqning kommunikativ (aloqaviy) fazilatlaridir. Bu fazilatlar har qanday nutqda bir xil darajada bo'lmaydi. Shuning uchun turli kishining nutqi tinglovchi tomonidan turlicha qabul qilinadi. Hatto bir kishining turli mavzuda so'zlagan nutqi ham har xil bo'lishi mumkin. Malumki, har qanday fan ham u yoki bu tomonlari bilan boshqa fanlar bilan bog'langan bo'ladi, unda ko'tarilgan masalalar, muammolar boshqa fanlar tomonidan ham o'rganiladi, bazan ularning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.94 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.94 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc