O'qituvchi nutqi madaniyati kursining maqsad va vazifalari

O'qituvchi nutqi madaniyati kursining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchi nutqi madaniyati kursining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

o'qituvchi nutqi madaniyati kursining maqsad va vazifalari Reja. nutq madaniyati tarixidan. Kursning predmeti va muhim vazifalari. nutq madaniyati hayotiy zarurat sifatida. nutq madaniyati haqidagi ta'limot qadimgi Rim va Afinada shakllangan bulsa xam, unga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilion va Hindiston mamlakatlarida paydo bo'lganligi notiklik san'ati tajribasidan malum. Bu davrda davlatning, savdo-sotikning, sud ishlarining nixoyatda taraqqiy etishi notiklikni san'at darajasiga kutardi. Chunki u paytlarda davlat arboblarining obru-etibori va yuqori lavozimlarga kutarilishi ularning notiklik mahoratiga xam bog'liq bo'lgan. Notiklik san'ati sarkardalik mahorati bilan barobar darajada uluglangan. Bu ikki san'atni mukammal egallagan kishilargina yuqori lavozimlarga saylanganlar. Umuman yetuk inson bo'lish uchun, albatta, notiklik san'atini egallash shart qilib qo'yilgan. Grek notigi Demosfen va Rim notiklari Tsitseron, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilarning hayotlari bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiklik san'atining o'ziga xos maktabini yaratdilar. Tsitseronning «Notiklik haqida», «Notik», «Brut» asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning «Notik bilimi haqida», Aristotelning «Ritorika» kabi asarlari xam qadimgi Rimda madaniy nutq, notiklik nazariyasi rivojlanganligini kursatuvchi bir omildir. o'rta Osiyo madaniyati tarixida xam nutq madaniyati o'ziga xos mavkega egadir. sharqda, jumladan Movarounnahrda notiklik; voizlik, yani vazxonlik, «Kuron»ni targ'ib qilish bilan mushtarak holda so'zning ahamiyati, manosi va undan urinli foydalanish borasida ko'p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai-nazardan karalsa, «nutq odobi», «Muomala madaniyati» nomlari bilan yuritilib kelgan nutq madaniyati tushunchasi juda kadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini tortgan: Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdullox Al-Xorazmiy, Mahmud Koshgariy, Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Axmad Yugnakiy, Sufi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug siymolar nutq odobi masalalariga, umuman nutqka jiddiy etibor berishga davat etish bilan birga tilga, lugatga, grammatikaga va mantikshunoslikka oid asarlar yozdilar. Buyuk komusiy olim Beruniy (973-1048) uzining «Geodeziya» asarida xar bir fanning paydo bo'lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantik fanlari xam shu ehtiyojning hosilasidir. Ulug vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy to'g'ri suzlash, to'g'ri mantikiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go'zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantikning nakadar ahamiyati zurligi haqida shunday deydi: «qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish, fikrni qanday ifodalash,bayon etish, qanday surash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu xakda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiklayman» Kaykovus tomonidan 1082-1083 yilarda yaratilgan, qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan. «Kobusnoma»da xam nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo'lib, uning 6-7 boblari so'z odobi haqidadir. Muallif farzandiga kilgan nasihatlari orqali o'quvchini yokimli, muloyim, urinli suzlashga,bexuda gapirmaslikka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.65 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.65 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga