o'qituvchi nutqi madaniyati, nutq madaniyati va uslubiyat Reja. o'qituvchi nutqida atamashunoslik, so'z qo'llash va nutq madaniyati masalalari. nutq madaniyati va uslubiyat. nutqning uslubiy turlari. O'zbek tilining vazifaviy uslublari va nutq madaniyati. . o'qituvchi nutqida atamashunoslik, so'z qo'llash va nutq madaniyati masalalari, bugungi kunda eng ahamiyatli masalalar safidan joy olgan. Chunki o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi unga bo'lgan munosabatni tubdan uzgartirdi. hozirgi kunda xamma-xammaning diqqat etiborida tilimiz taqdiri bor: yoshlar, keksalar, talabalar; kasbidan, sohasidan katiy nazar xar bir ziyoli tilimizning ravnaki, kelajagi haqida kaygurmokda, o'z fikr-mulohazalarini bayon kilmokda. Shu bilan birga keyingi davrda fan-texnikaning barcha sohalari rivojlandi, shakllandi. Natijada o'zbek tilida xam barcha sohalarga oid atamalar vujudga keldi; uzlashtirildi, yangi atamalar yasaldi. Mavjud atamalarning kupchiligi uzgardi, yangilandi. Bu atamalarning aksariyati umumadabiy tilga utib ommalashib ketdi va xamma uchun tushunarli bo'lib koldi. O'zbek tili atamachiligida ilgari mavjud bo'lgan, boshqa tillardan, jumladan, kuprok arab tilidan uzlashgan: jumxuriyat, munajjim, muarrix, munakkid, muallif, inkilob kabi so'zlarning o'rnini rus tilidan yoki u orqali uzlashgan baynalminal so'zlar egalladi. Keyingi davrda esa yana usha arab tilidan uzlashgan so'zlarni qo'llash kuchaydi. boshqacha aytganda, ayrim so'zlarga qaytadan «jon» ato etildi: Jumxuriyat, baynalminal, jamoa, anjuman, shuro kabilar. Ayrim so'zlarni qo'llashda esa ikkilanishlar xam yuk emas. Bunga sabab mazkur so'zlarga ehtiyojning kolmaganligidir: kashshof, firka, mirshab, lang, kabilardir. Shu urinda aytib utish lozimki, bir kator so'zlar borki, ularni hozirgi maktab o'quvchilari xam, oliy maktab talabalari xam maxsus lugatlarsiz yoki o'qituvchilarning yordamisiz tushunishlari qiyin: munshi, kozi dodxox, xaram, avrapush, sipoxsolor, vikor, vojib, voiz, badxu, alfoz, andux, andoza, asno, afgor, aftoda, miskol, mufti, kushbegi, pansod, kabilar. Bunday holat mumtoz adabiyot namunalarini to'g'ri sharxlab berishga, ulardagi badiiyatni chuqurrok his qilishga xalakit qiladi, u yoki bu baytning asl mohiyatini, shoir (adib) kuzda tutgan asosiy maqsadni tula anglab etmaslikka sabab bo'ladi. Ana shu kabi so'zlarning manolarini urgatmaslik, o'quvchiga singdirmaslik esa, asar-gazalning chala tushunilishiga olib keladi, o'quvchilarni ularning sir-asroridan bebaxra qiladi. Bu urinda R. Dekartning quyidagi fikrini eslatib utish maqsadga muvofikdir: «so'zlarning manolarini odamlarga tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini anglashilmovchiliklarning yarmidan xalos kilgan bulasiz». Inson asosan o'qish-yozishni, umuman ilmni o'rta va oliy maktablarda, o'rganadi. Shunday ekan, asosiy ahamiyat o'qituvchi bilimi, saviyasiga borib takaladi. Bu degani fakat o'qituvchi tilni mukammal bilsin degani emas, bu bilan cheklanib xam bulmaydi. Umuman go'zal va serkirra tilimizdan foydalanishda, atamalarni qo'llashda xar bir soha vakili xam juda extiyotkor bo'lishi shart. Aks holda malum bir mavzuni tushunishni, anglashni qiyinlashtiradi. Bu esa tilimizga, madaniyatimizga putur etkazadi. Shuning uchun savodxonlikni yuksak darajaga ko'tarishga, o'qish-o'qitish ishlariga etiborni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.91 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.91 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc