O'qituvchi nutqi madaniyati, nutq madaniyati va uslubiyati

O'qituvchi nutqi madaniyati, nutq madaniyati va uslubiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchi nutqi madaniyati, nutq madaniyati va uslubiyati - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchi nutqi madaniyati, nutq madaniyati va uslubiyati RYeJA: 1. O'qituvchi nutqida atamashunoslik, so'z qo'llash va nutq madaniyati masalalari. Nutq madaniyati va uslubiyati. Nutqning uslubiy turlari. O'zbek tilining vazifaviy uslublari va nutq madaniyati. 4. Tasviriy vositalar nima? 5. Troplar va ularning turlari (metafora, o'xshatish, sinekdoxa, mubolag'a va kichraytirish, alligariya, simvol, ironiya, antifrizm, sarkazm, perifran, jonlantirish), epitetning sifatlash metonimiya. 6. Xulosa. 1. So'zlovchi nutqida atamashunoslik, so'z qo'llash va o'rnida ishlatish nutq madaniyati masalalari bugungi kunda eng ahamiyatli masalalar safidan joy olgan. Chunki o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi unga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirdi. Hozirgi kunda hamma-hammani etiborida tilimiz taqdiri bor: yoshlar, keksalar, talabalar; kasbidan, sohasidan qatiy nazar har bir ziyoli tilimizni ravnaqi, kelajagi haqida qayg'urmoqda, o'z fikr-mulohazalarini bayon qilmoqda. Keyingi davrda fan-texnikaning barcha sohalari rivojlandi, shakllandi. Natijada o'zbek tilida ham barcha sohalarda atamalar vujudga keldi, o'zlashtirildi, yangi atamalar yasaldi. Mavjud atamalarning ko'pchiligi o'zgardi, yangilandi. Bu atamalarning aksariyati umumadabiy tilga o'tib ommalashib ketdi va hamma uchun tushunarli bo'lib qoldi. O'zbek tili atamachiligida ilgari ko'proq arab tilidan o'zlashgan: jumhuriyat, munajjim, muarrih, munaqqid, muallif, inqilob kabi so'zlarning o'rnini rus tilidan o'zlashgan so'zlarni qo'llash kuchaydi. Boshqacha qilib aytganda, ayrim so'zlarga qaytadan «jon» ato etildi: jumladan, viloyat, tuman, sho'ro kabilar. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, bir qator so'zlar borki, ularni hozirgi talabalar ham maxsus lug'atsiz yoki o'qituvchilarning yordamisiz tushunish qiyin: Masalan, munshiy, qozi, dodhoh, haram, avranush, sipohsolar, viqor, vojib, voyiz, badhu, alfoz, anduh, andoza, asno, afgor, aftoda, misqol, mufti, qushbegi, pansod kabilar Bunday holat mumtoz adabiyot namunalarini to'g'ri sharhlab berishga, ulardagi badiyatni chuqurroq his qilishga halaqit qiladi, u yoki bu baytni asl mohiyatini, shoir yoki adib ko'zda tutgan asosiy maqsadni to'la anglab etmaslikka sabab bo'ladi. Ana shu kabi so'zlarning manosini o'rgatmaslik, o'quvchiga singdirmaslik esa asar yoki g'azalning chala tushunilishiga olib keladi, o'quvchilarni va tinglovchilarni ularning sir-asroridan bebahra qiladi. Bu o'rinda R.Dekarning quyidagi fikrini eslatib o'tish maqsadga muvofiqdir: «So'zlarning manolarini odamlarga tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini anglashuvmovchilarning yarmidan xalos qilgan bo'lasiz». Inson o'qishni, yozishni, tinglashni, umuman ilmni asosan o'rta maktabda o'rganadi. Shunday ekan, gap o'qituvchi bilimi, saviyasi qandayligiga borib taqaladi. Bu degani o'qituvchi faqat tilni mukammal bilsin degani emas, bu bilan cheklanib ham bo'lmaydi. Umuman, go'zal va serqirra tilimizdan foydalanishda, atamalarni qo'llashda har bir soha vakili ham juda ehtiyotkor bo'lishi shart. Aks holda malum bir mavzuni tushunishni, anglashni qiyinlashtiradi. Bu esa tilimizga, madaniyatimizga putur etkazadi. Shuning uchun savodxonlikni yuksak darajaga ko'tarishga, o'qish-o'qitish ishlariga etiborni kuchaytirish kerak. 2. Hozirgi ilmiy adabiyotlarimizda nutq madaniyati va stilistika (uslubiyat) asosan qo'shib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.22 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.22 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga