O'qituvchi nutqining texnikasi O'quv materialini o'quvchilarga muvofakkiyatli yetkazish uchun o'qituvchi bayon etish metodikasi bilan bir katorda nutq texnikasini xam yaxshi egallagan bo'lishi kerak. Nutq texnikasi, kupchilik xollarda tabiat inomi bulmay, balki o'z ustida tinmay ishlash natijasidir. O'qituvchi o'quv materialini har xil tarzda bayon etib, bunda ijobiy natijalarga erishishlari mumkin. O'qituvchi mukammal biladigan, o'quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlariga imkon beradigan metodikagina yaxshi bo'ladi. shu munosabat bilan nutq texnikasi yuzasidan xar bir o'qituvchiga bir xil darajada va istagan holda yarayveradigan metodik maslahat berish qiyin. Shuning uchun ilg'or pedogogik tajribani umumlashtirishga asoslangan bazi tavsiyalarni keltirib utamiz. Avvalo shuni nazarda tutish kerakki, darsda o'quv materialini og'zaki bayon etish tashqi samaraga mulljallangan nutq bulmay, balki o'quvchilarga yangi bilimlar bayon etishidir. O'quv materialini o'quvchilarga karab, jonli tilda bayon etishga harakat qilish, «biz», «siz», «biz siz bilan» kabi olmoshlardan kuprok foydalanish, o'quvchilarning diqqatiga etibor berib turish kerak. O'quvchi nutqining ifodali bo'lishi uchun mimika va imo-ishoralar katta ahamiyatga ega, chunki ular bayon etilayotgan materiallarning ma'naviy buyogini kuchaytirishga, unga o'z munosabatini bildirishga yordam beradi. Ammo mimika, imo-ishoralarga xaddan tashqari berilib ketish yaramaydi. o'qituvchi o'quv materialini bayon etar ekan, unga befarq karay olmaydi. Bu narsa o'quvchilarni xam befarq karay olmaydigan qiladi. O'qituvchi bayon etayotgan materialning emotsional buyogi o'quvchilar etiborini aktivlashtiriladi. ta'lim jarayonini ijobiy emotsiyalar asosida ko'rish zarur. I. P. Pavlov ijobiy emotsiyalarga bosh miya katta yarim sharlari maxsuldor ishlashining manbai sifatida karar edi. Psixologlar ijobiy emotsiyalarni inson faoliyatining kudratli stimuli deb hisoblaydilar. Didaktika zerikish ta'limning ashaddiy dushmani ekanligini isbot qilgan. Tabiiyki, bayonning emotsional buyogi imkoiyatlari ko'p darajada fanning mazmuniga bog'liq. Gumanitar fanlar o'qituvchilarida bunday imkoniyatlar, masalan, umutexnika va maxsus fanlar o'qituvchilrnikiga karaganda ancha katta. Birok eng «kuruk» fan xam jonli, kizikarli, jozibali tarzda bayon etilishi zarur. Bunga erishish vositalari juda ko'p. Bo'lar jumlasiga tarixga kichikrok sayohat qilish xam, kizikarli faktlar, amalda ishlatiladigan misollar keltirish xam, solishtirish xam kiradi va xokazo. Xar bir pedogokning nutq sifati va ovoz tembri har xil bo'ladi. Tegishlicha mashq qilib, ovozning yokimli bo'lishiga erishi mumkin. Nutqning individual kamchiliklariga, masalan, dimogdan suzlash, so'zning oxirgi qismini «yutib yuborish» va shu kabi kamchiliklarga barxam berish zarur. Nutqni parazit so'zlardan tozalash lozim. O'qituvchi ovovzining o'zi bemalol gapira oladigan oxangini aniqlab olishi juda foydali. Bu oxangdan chetga chiqish nutqni jonlantiradi. Nutqning past balandligi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining auditoriyani tuldirib, eng oxirgi katorda utirgan o'quvchilar xam eshitadigan ovozi normal hisoblanadi. Birok xaddan tashqari baland ovoz o'quvchilarni charchatib kuyadi. Nutqning tezlik va balandlik darajasini, shuningdek, oxangini o'quv materialining qiyinlik hamda muhimlik darajasiga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.09 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.09 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc