O'qituvchi odobining predmeti va vazifalari REJA: 1. Axloqning mohiyati 2. Kasb odobi tavsifi 3. O'qituvchi odobnomasi 4. O'qituvchi odobi qonuniyatlari 5. Maqsad, vazifa, manbalari, metodlari Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, inson turmushining barcha sohalarida kishining xulqi, xatti-harakatlarini tartibga solib, boshqarib turuvchi, Vatanga, mehnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yo'naltiruvchi) qonun-qoidalar,tamoyillar, yo'l-yo'riqlar,mezonlar, (normalar), pand-nasihatlar majmuidan iborat. Axloq umuminsoniy va milliy xarakterga ega bo'lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo'lgan axloqiy ideallari, orzu-umidlari to'g'risidagi tasavvurlar tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o'z ichiga oladi. Odob deganda rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an'analari negizida odamlar o'rtasida paydo bo'ladigan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi. Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari deb ham qaraladi. Axloq esa mazkur rasm-taomil, xulq-odatlarining bir qadar umumlashgan shakli bo'lib, ular pand-nasihatlar, qoidalar, normalar, talablar shaklida ifodalab berilgandir. Etika deganda axloq haqidagi fan, nazariyalar tushuniladi. Shuni ta'kidlash lozimki, odob va axloq tushunchalarini bir-biridan farq qilish msalasi hali uzil-kesil hal etilmagan. Ruscha-o'zbekcha lug'atlarda, o'zbek tilining izohli lug'atida, shuningdek, etika sohasidagi bir qancha asarlarda axloq-odob ba'zan bir xil tushuncha deb ham qaraladi. Umuminsoniy axloq deganda turli davrlarda, zamonlarda barcha xalqlarda kishilarning turmushi, hayoti tarzida shakllanib, insonlarning o'zaro muomala munosabatlarini tartibga solib turuvchi umumiy tushunchalar, normalar va talablar umumiy axloqiy fazilatlar tushuniladi. Milliy axloq esa umuminsoniy axloqqa xos asosiy xususiyatlarini saqlagan holda aynan millat va elat kishilarigagina xos bo'ladigan ayrim axloqiy xususiyatlarini ham o'ziga mujassamlashtiradi. Kishilarga yaxshilik qilish, rost gapirish, botirlik, kamtarlik, halollik, mehribonlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi axloqiy fazilatlarni hamma vaqt hamma xalqlar e'zozlaganlar. Aldoqchilik, qo'rqoqlik, shafqatsizlik, o'g'rilik kabi illatlar qoralangan, axloqsizlik, odobsizlik deb hisoblangan. Bunday axloqiy qarashlar hamma xalqlar, hamma millatlarga xosdir. Shu bilan birga har bir millatning o'zigagina ko'proq xo's bo'lgan axloqiy qarashlar, axloqiy tushunchalar, axloqiy fazilatlar ham mavjud. Faoliyatning ma'lum bir sohasi bilan shug'ullanuvchi kishilarga taalluqli axloqiy normalar, talablar ham bor. Bunday axloq kasb (professional) axloqi deyiladi. Har bir jamiyatda hukmron bo'lgan axloq bilan kasb axloqi o'rtasida ma'lum bir munosabat mavjud. Bu umumiylik bilan xususiylik o'rtasidagi munosabatdir. Kasb axloqi umuminsoniy axloq nazariyasi qoidalarini, tamoyillari va tushunchalarini, afzalliklari va kamchiliklarini o'zida mujassamlashtiradi, oydinlashtiradi va rivojlantiradi. Bundan tashqari kasb axloqi faqat shu soha kishilari uchun xos bo'lgan ayrim odob, axloq normalari va qoidalarini ham o'z ichiga oladi. Ayrim kasblar-o'qituvchi, shifokor, tijoratchi, huquqshunos, artist, rahbar xodimlar uchun inson-mehnat obyekti hisoblanadi. Bu kasblarda mehnat obyektining-shaxsning taqdiri ko'p jihatdan shu kasb egasining axloqiy faoliyatiga bog'liq. Bunday kasb egalarining faoliyat obyekti bo'lgan odamlar bilan o'zaro muomala-munosabatlarini tartibga soluvchi axloqiy normalarga qat'iy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.79 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.79 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc