O'qituvchi o'z hissiy holatini boshqara olish ko'nikmalar va ularni shallantirish Inson hissiy va ma'naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-sekin inson fe'l-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino insonni shakllantirishda uning atrofini o'rab olgan tashqi muhit va odamlar alohida muhim rol o'ynaydi, ana shu tashqi muhit va odamlar insonning atrof dunyoni bilishigagina emas, balki uning xulqida yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib topishida ham ta'sir etadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo'lish kerakligini, bola yomon odatlarga o'rganmasligi uchun, uni yomon odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi. INSONNI SHAKLLANTIRISHDA TASHQI MUHIT Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o'rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolga etadi. Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovotini ulug'laydi, undagi qudratga ishondi, inson tafakkurinng tantana qilishi kerakligini tinmay targ'ib qildi. Ibi Sinoning inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina, emas, balki mustaqil risolalarida axloqiy masalalarni chuqur ilmiy-amaliy jihatdan ifodalagan, ilm-fan sohasida tarbiyashunos olim sifatida ham tadqiq etish, o'rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi. Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug'ma, biologik xususiyatlariga alohida e'tibor beriladi. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo'lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug'ma sifatlarni o'z ichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning dinamik - o'zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta'minlovchi sifatlarini o'z ichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo'ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o'ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emostional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta'minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o'zgaruvchan) va emostional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog'liq bo'lib, ularning namoyon bo'lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o'zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o'zini turlicha tutadi: oliy o'quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi to'g'risidagi axborotni eshitgan bolaning o'zini tutishi, yoki hayotning og'ir sinovlari (yaqin kishining o'limi, ishdan xaydalish, do'stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reakstiyalari uning temperamentidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og'ir - bosiqlik bilan, boshqasi esa o'zini yo'qotgudek darajada his - hayajon bilan boshidan kechiradi. Shuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda o'ziga xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O'zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini sabr - bardosh bilan ko'taradigan insonning odamlar orasidagi obro'si ham ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
248.26 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
248.26 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: pptx