O'qituvchi professiogramma va psixogrammasi Reja: Professiografiyaning psixologik asoslari Kasb tanlashning umumiy masalalari O'qituvchilik kasbining umumiy masalalari O'qituvchining psixologik portreti. O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar. Professiografiyaning psixologik asoslari Professiografiyaning psixologik asoslari professiografiya deganda kasblar va ularning bir - biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oddiga qo'yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi. Kasb-kor (hunar) oddiga qo'yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, umumiy hamda xususiy jabhalarni o'zida aks ettiradi. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi: yoshlarda uning ijtimoiy mavqei (nufuzi), jamoaning o'ziga xos xususiyatlari, vertikal va torizontal bo'yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko'nikmalar ko'lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi). Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir - choralarning umumiy tavsifi. Mehnat sharoitining gigiyenik tavsifnomasi. Kasb bo'yicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan taqiqlanuvchi omillar izchilligi. Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik. O'zini o'zi faollashtirish va identifikasiyalash. Kasbning inson oldiga qo'yadigan majmuasi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy va pedagogik jabhalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talabalariga moslashishi orqali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi. Kasb tanlashga yo'naltirish davlatning tadbir - choralari tizimidan iborat bo'lib inson tomonidan tanlanadi, o'z hayot yo'lining ilmiy asoslanganligini ta'minlashga xizmat qiladi, u turmushda o'z o'rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi; maktabda kasbiy ma'lumotlar berish; kasb - hunar maorifi bilan shug'ullanish: radio, televideniye, kino, matbuoda tashviqot qilish; kasb yuzasidan maslahatlar; kasbga saralash (qobiliyatiga binoan); kasbga moslashish (adaptasiyalash). Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan bo'lib, u «Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagi» deb nomlanib o'zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo'llashda, reorientasiyalashda undan unumli foydalanish mumkin. Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagining muhim bir tomoni - bu har xil kasb - hunar egasiga nisbatan qo'yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo'yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o'ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo'naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo'yicha bilimlar umumlashtirilgan bo'lib kasbga tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir. Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o'zini o'zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o'zida mujassamlashtiradi. YE.A.Klimov qarashlariga binoan professigramma bu: Sensor kanallarni yuklamalash, ustivor signallarning turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar ko'lami va umumiy xususiyati (ko'rish, eshitish va boshqalar); Axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog'liq ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.29 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.29 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc