O'qituvchi samaradorligi o'qituvchi professionalligini mezoni Reja: Professionallik. Talaba bilimini baholash metodlari va mezonlari. Talaba bilimini baholashda pedagogik texnologiyalardan qo'llanishning ahamiyati. Bilimlarni baholashda obyektiv yondashuvda o'qituvchi va talaba faoliyati. Professionallik mezoni. 4. Yosh davrlar ketma-ketligi.O'smirlik va o'spirinlik davrlarini yosh davrlari xususiyatlari Proffessionallik. Talaba bilimini baholash metodlari va mezonlari ta'limda nazorat qilishning 2 turi mavjud. Birinchi - ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyatini har xil kuzatish, ikkinchisi - ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirishdan iborat. Ko'nikma deganda shaxsning bilim olishi, elementar tajriba va malakaga tayanib biron ishni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati tushuniladi. Orttirilgan bilimlar shaxs xatti-harakatining nazariy asosi hisoblanadi. Bilimlarga asoslanib xatti-harakatlarning ketma-ketligi, alohida bosqichlari fikran xayoldan o'tkaziladi. Elementar tajriba talablarida aynan biror faoliyat haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Biron kasb yoki faoliyat haqida tasavvurga ega bo'lishda elementar tajriba bilan birga boshqalarning tajribasini tasavvur qilish ahamiyat kasb etadi. Bu yerda pedagogning shaxsiy namunasi, mutaxassis kadrlarning ilg'or tajribalari, yetuk olim ijodkorlarning ish jarayoni misol bo'la oladi. Mehnat ko'nikmalarining shakllanishi jarayonida talabalar ko'rish yoki eshitish orqali faqat harakatlarning qanday bajarilishi haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Bu faqat namuna, bajarilishi kerak bo'lgan ish haqidagi kirish instruktati hisoblanadi Ko'nikmaning shakllanishi uchun talaba bu harakatlarni o'zi bajarib ko'rishi shart. ta'limning turli bosqichlarida talabalar mehnat ko'nikmalarining darajasi har xil bo'ladi. Elementar ko'nikmalar asta-sekin murakkab ko'nikmalarga aylanadi, murakkab ko'nikmalar ko'p marta qaytarilishi yoki mashq qilinishi natijasida malakalar paydo bo'ladi. Malaka - bilimlarga asoslanib mashq yordamida aylangan faoliyatning avtomatlashgan komponenti hisoblanadi. Malaka tez va aniq bajarish bilan bog'liq bo'lgan ko'nikmalarning avtomatlashgan elementlari sanaladi. Malakalarbajarilayotgan faoliyatning faqat mahorat tomonini, yani ayrim harakatlarni ifodalaydi. Mehnat ko'nikmalarining shakllanishi uchun faqat tafakkurning yoki aqliy faoliyatning o'zigina etarli emas. Talabalarda murakkab ko'nikmalarning, umumlashgan safarbar ko'nikmalarning shakllanishi uchun ular bevosita amaliy mehnat faoliyatida, uzoq payt mashq bajarishda qatnashishlari shart. ―Kasbiy pedagogika‖ fanini o'rganishda nazariy ta'lim jarayonida nazorat qilishning asosiy metodlari, ta'lim oluvchilarning bilimlarini og'zaki tekshirish, hamda yozma tekshirish, nazorat ishlari «texnik diktant»lar o'tkazish, texnik hujjatlarni muhokama qilish va boshqalar qo'llaniladi. Nazariy ta'limda ta'lim oluvchilarning bilimlarini amaliyotda qo'llay olishini nazorat qilish, sxemalarni yig'ish, o'lchash, mexanizmlarni tuzatish, buzilish sabablari kabi metodlar qo'llaniladi. Bu metodga yana laboratoriya - amaliy ishlar orqali tekshirishni ham kiritish mumkin. Ishlab chiqarish ta'limi jarayonida ta'lim oluvchilarning o'quv ishlab chiqarishda bajargan va bajarayotgan nazorat qilishning asosiy metodlari: joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar hisoblanadi. Tashxisli nazorat turlaridan biri - test o'tkazishdir. Test ikki usulda o'tkaziladi. Birinchi usul - tashkil qiluvchi sifatida, dasturlashtirilgan ta'lim, nazorat va qayta aloqa tizimi. Ikkinchi usul - mustaqil nazorat qilish metodi. Ishlab chiqarish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.39 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.39 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:31 ]
Arxiv ichida: doc