o'qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonidagi mahorati Reja: O'qituvchining dars jarayonidagi mehnati va uni tashkil etishning asosiy yo'nalishlari. O'quvchilarning bilimlarini anglash faoliyatini boshqarishda o'qituvchining mahorati. O'qituvchining ijodkorligi. O'qituvchi o'quvchilarga nisbatan muayyan holda tursagina pedagogik ta'sir ko'rsatishning muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Mazkur holat o'quvchilar bilan moumala sohasida o'qituvchining asosiy yo'l-yo'rig'idan iborat bo'lib u o'quvchilarning psixologik yosh xususiyatlariga mana shu bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarning har birini bilish va ularning psixik xususiyatlarini mukammal o'rganish va o'qish faoliyati jarayoniga jalb etish mahoratiga ega bo'lish zarur. O'qituvchi o'quvchilarning darsni to'liq, aniq va tuunarli o'zlashtirib olishlariga imkon berish va ularni darsga qiziqtira olish, darsdagi faolliklarini oshirish ko'nikma va malakalar hosil qilishga erishish zarur. O'qituvchi dars jarayonida ko'tarinki ruhda yaxshi kayfiyatda o'quvchilarga munosabatda bo'lish o'quvchilarning kayfiyatini ko'tarish uchun ularni rag'batlantirib borish zarur. O'qituvchi pedagogik tajribalarga tayangan holda o'quvchilar jamoasiga ta'sir etish va ularni boshqarish, jipslashtirish va har bir bolaning ichki olamiga kira olish va ta'sir etish zarur. O'qituvchi mahoratining asosiy mazmuni bilimlari puxta egallaganligi va bu bilimlarga asoslangan malakalardir. O'qituvchining muhim malakalariga quyidagilar kiradi. O'quvchilar dunyosida sodir bo'layotgan faoliyatlarida o'zini tutish, ko'nikma va malakalari, maqsad va vositalar, natija bir-biriga muvofiqligini analiz qilish malakasi, o'zining his-tuyg'ularini fikrlash, so'z orqali, imo-ishoralar orqali, harakatlar orqali aniq qilib yetkazish malakasi. Pedagog bolalarning diliga til topishda ularga ta'sir etish uchun turli vositalardan foydalanish va ijtimoiy yechimlarni qidirib topish lozim. Dars jarayonida tarbiyasi qiyin bolalar ham uchraydi. Ular bilan individual holda yondoshish kerak. Tarbiyasi qiyin bolalarni tarbiyalsh bu eng og'ir ishdir. Buning uchun alohida diqqat-etibor, sabr-toqat, mahorat, pedagogik takt, iliq munosabatlar, mehribonchilik kerak. O'qituvchi ta'lim jarayonini ilmiy-nazariy va amaliy asoslangan holda uslubiy yo'nalishlarni to'g'ri tanlash o'quvchilarga yetkazib berish zarur. O'qituvchi ta'lim jarayoni faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi. Pedagog yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim faxrli va shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Pedagog bolalarni yani kelajak yaratuvchilarni xalq va jamiyat oldidagi, tarbiyalash uchun ta'lim-tarbiya ishni, vazifalarini hal etishga ijodiy yondoshish, o'z mahoratini doim takomillashtirish zarurdir. O'qituvchi avvalo o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlarini tushunishi ijtimoiy faol bo'lishi kerak. Doimo bilimni oshirib boradigan kishi o'qituvchidir. Bolani tarbiyalash tarbiyachining o'z-o'zini takomillashirishdan boshqa narsa emas. Har bir odam va har bir elning saodatli bo'lishi uchun bosh sabab ilmdir. Bolalarni ilmli, odobli qilib o'stirish ota-onaning burchidir. Estetik tarbiya asosida o'quvchilarning go'zallikni his qilish qobiliyatlarini tarbiyalashda o'qituvchi turli xil tarbiyaviy soatlar o'tkazishlari masalan: qiyinish estetikasi-did bilan qiyinish, ovqatlanish estetikasi. Badiiy tarbiya-yani san'at vositalari (adabiyot, san'at, muzika, ashula, va boshqa san'atlarga) bolalarning qiziqishini uyg'otish va tarbiya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.18 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.18 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:32 ]
Arxiv ichida: doc