o'qituvchi uchun maxsus dastur. o'rgatuvchi dasturlar yaratish. Muammolar va rivojlanish. Dasturiy ta'minot misollari. ma'ruza darslarini multimedia vositalari asosida tashkil qilish. ta'lim jarayonini kompyuterlashtirish. Kompyuter o'qitish uslubiyotida dasturiy va algoritmik o'qitish metodlaridan foydalanish. Nazorat qiluvchi kompyuter dasturlari. Reja ta'limni axborotlashtirish. Zamonaviy texnologiyalar masofaviy oliy pedagogik fizik ta'limni yangicha tashkil qilinishining asosi. ta'limni axborotlashtirish - ta'lim-tarbiyaning pedagogik-psixologik maqsadlarini amalga oshirishga yo'naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni yaratish amaliyoti va metodologiyasi bilan ta'lim sohasini ta'minlash jarayonidir. Bu jarayon birinchidan, ilmiy-pedagogik ma'lumotlar bazasidan foydalanish asosida ta'lim tizimini boshqarish mexanizmini takomillashtirishni, ikkinchidan, zamonaviy axborot jamiyatida shaxsni rivojlantirish maqsadlarida ta'lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari va metodlari, mazmunini tanlash va metodologiyasini takomillashtirishni, uchinchidan, o'quvchini intellektiual salohiyatini rivojlantirishga, unda mustaqil bilim olish malakasini shakllantirishga yo'naltirilgan o'qitishning metodik tizimini yaratishni, turtinchidan, o'quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning diagnostik metodlari va kompyuter testlardan foydalanishni va ularni yaratishni tezlashtiradi. ta'limni axborotlashtirish jarayoni va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o'qitishning nafaqat tashkiliy shakllari va metodlari o'zgarishini, balki o'qitishning yangi metodlarini shakllanishiga olib keladi. Fanlar sohasining axborotlashuvi, o'quv faoliyatining takomillashuvi, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bilish jarayonining integratsiyalashuvi fanlar sohasining kengayishiga va chuqurlashuviga, ularning integratsiyasiga sababchi bo'ladi. Bu esa o'z navbatida o'quv materiallari mazmunini tanlash kriteriyini o'zgarishini talab etadi. Shunday qilib, ta'limni axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi o'quv materiallarining mazmuni va xajmini o'zgarishiga, o'quv predmetlari (kurslari) dasturlarining qayta tuzilishiga, alohida mavzular yoki predmetlarning integratsiyalashuviga sababchi bo'ladi. Bu esa o'quv fanlarining mazmuni va tuzilmasini o'zgarishiga, yani ta'limning mazmuni va tuzilmasini o'zgarishiga olib keladi. Bu jarayonga parallel ravishda o'quvchilar bilim saviyasi muammosiga kompyuter texnologiyalari asosidagi innovatsion yondashuvni joriy etish kuzatiladi. ta'lim mazmuni va tuzilmasining, nazorat va o'qitishning tashkiliy shakllari, metodlari haqidagi tasavvurlarning o'zgarishi o'qitishning xususiy metodikasini uzgartiradi. ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini imkoniyatlaridan foydalanish va bu orqali o'quv faoliyatining kengayishi o'qitish vositalari, darsliklarga bo'lgan didaktik talablarning sifat o'zgarishiga olib keladi. yuqorida takidlanganlar ta'lim-tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlarini uzgartiradi, yani pedagogika fanining paradigmasini o'zgarishiga olib keladi. Dunyoda masofaviy o'qitish ochiq ta'lim tizimining muhim bugini sifatida keng kullanishi kuzatilmokda, zamonaviy axborot texnologiyalari va INTYeRNYeTdan ta'limda foydalanish ta'lim sifatini yanada yuqori ko'tarish omillaridan biri sifatida karalmokda. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari oliy pedagogik fizik ta'limda keng joriy etilmoqda. o'quv jarayonida yangi axborot texnologiyalarni qo'llash pedagogik metodlarning samaradorligini oshishiga, pedagoglarning mehnat faoliyatining o'zgarishiga, ularning ish uslublarini takomillashishiga, pedagogik tizimlarning tuzilmaviy o'zgarishiga olib keladi. Bu esa pedagogik jarayonlarni boshqarishni tashkillash va boshqarishda o'ziga xos vazifalarni kuyadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish: - o'qituvchilar o'rtasida mehnatning taksimlanishini; - masofaviy o'quv kurslarini va elektron ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.13 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.13 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:32 ]
Arxiv ichida: doc